Foydalanuvchi:Konstanta0013/qumloq

Klub 27 aʼzolari tushirilgan Tel-aviv sharidagi graffiti (chapdan oʻngga: Brayan Jons, Jimi Xendriks, Jenis Joplin, Jim Morrison, Robert Jonson, Kurt Kobeyn, Emi Uaynhaus)

Klub 27 (inglizcha: 27 Club) — 27 yoshida va aksariyat hollarda gʻalati hodisalar tufayli vafot etgan qoʻshiqchilarning birlashgan nomi[1][2][3][4].

Klub 27ga kiritlgan qoʻshiqchilar tahrir

7 musiqachidan iborat roʻyxatga birinchi boʻlib Robert Jonson kiritilgan. Keyinchalik Jimi Xendriks, Jim Morrison va Jenis Joplin ushbu roʻyxatga qoʻshiladi. Ushbu klub paydo boʻlishining asosiy sababi sifatida ushbu qoʻshiqchilarning vafoti orasida 10 oygina farq boʻlganligi keltiriladi[3].

Keyinchalik ushbu roʻyxatga Brayan Jons qoʻshiladi. Morrison va Jons bir kunda vafot etishgan edi, lekin 2 yillik farq bilan[3].

Soʻngra klubga oʻz mashhurligi choʻqqisida, 1994-yilda oʻzini otib oʻldirgan Kurt Kobeyn qoʻshiladi[3][5][6].

Britaniyalik qoʻshiqchi Emi Uaynxausning 2011-yilgi vafotidan soʻng koʻpgina nashriyotlar uni „Klub 27“ga kiritishadi[7][8][9][3].

Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Vafot etish sababi Mashhurligi
Robert Jonson 1911-yil 8-may 1938-yil 16-avgust Rasmiy versiya — mashuqalaridan birning rashkchi eri tomonidan otib oʻldirilgan. Boshqa versiyaga koʻra — strixnin bilan zaharlangan. Blyuzmen. XX asrning eng mashhur blyuzmenlaridan biri[10]
Brayan Jons 1942-yil 28-fevral 1969-yil 3-iyul Basseynda choʻkib ketadi, tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra — oʻldirilgan[11] „The Rolling Stones“ guruhi asoschisi, gitarist
Jimi Xendriks 1942-yil 27-noyabr 1970-yil 18-sentabr dori peredozirovkasi tufayli Rok musiqa tarixdagi eng yaxshi gitarist sifatida eʼtirof etiladi [12], gitarada ijrosida oʻziga xos uslub yaratuvchisi, qoʻshiqlar muallifi, vokalist
Jenis Joplin 1943-yil 19-yanvar 1970-yil 4-oktabr rasmiy versiyaga koʻra qoʻshiqchi narkotiklar peredozirovkasi tufayli vafot etgan Blyuz tarixidagi eng yaxshi oq tanli ayol qoʻshiqchilarning biri[13]
Jim Morrison 1943-yil 8-dekabr 1971-yil 3-iyul Rasmiy versiya — yurak yetishmovchiligi. Lekin u narkotiklar yoki qotillik tufayli oʻlgan degan farazlar ham bor shoir, qoʻshiqlar muallifi, video, The Doors guruhi solisti, rok musiqa tarixidagi eng mashhur qoʻshiqchilardan biri[14]
Kurt Kobeyn 1967-yil 20-fevral 1994-yil 5-aprel Rasmiy versiya — miltiq bilan oʻzini oʻldirish gitarist, qoʻshiqlar muallifi. Nirvana guruhining aʼzosi. Rok musiqa idollaridan biri
Emi Uaynhaus 1983-yil 14-sentabr 2011-yil 23-iyul alkogoldan zaharlanish[15] Britaniyalik R&B, jazz, soul qoʻshiqchi. Musiqadagi yutuqlari uchun"Greatest Britons-2007" egasi ; 6 karra „Gremmi“ mukofoti sohibasi

Tanqid tahrir

Kurt Kobeynning biografi Charlz Kross yozgan edi: „27 yoshida vafot etgan qoʻshiqchilar soni rostdan ham koʻp. Odam har doim va xohlagan vaqtida vafot etishi mumkin boʻlsada, 27 yoshda vafot etganlar soni oshib bormoqda“[16].

Avstraliya texnika universiteti olimlari statistik analiz bilan „Klub 27“ni shubha ostiga olishmoqchi edi. 1956-yildan 2007-yilgacha boʻlgan davrdagi xit-paradlarda yuqori oʻrinlarni olgan qoʻshiqchilarning hammasi haqida maʼlumotlarni oʻrganib shuni aniqlashdiki, qoʻshiqchilar aynan 27 yoshida eng koʻp vafot etishar ekan. Umuman olganda qoʻshiqchilar qolganlarga qaraganda erta vafot etishadi (asosan 40 yoshgacha). Olimlar 1970-1980-yillar oraligʻidagi yosh qoʻshiqchilar vafoti Britaniya alohisining oʻrtacha olamdan oʻtish koʻrsatkichidan 2-3 barorabar yuqori ekanligini aniqlashdi[17][18].

Manbalar tahrir

  1. After Nirvana Show airs on Saturday 3rd April 2100 - 2200“. BBC. 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-avgust.
  2. Weiss, David. „Amy Winehouse & The 27 Club“. Life Goes Strong. 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 the27s.com ( at www.the27s.com Error: unknown archive URL 20180715212248 sanasida arxivlangan), „The 27s: The Greatest Myth of Rock & Roll“
  4. Club 27 Musicians Who have Died from the ‘Curseʼ. ( at z6mag.com Error: unknown archive URL 20160314045610 sanasida arxivlangan) z6mag.com (Aug 21st, 2012)
  5. „Heavier than Heaven: A Biography of Kurt Cobain“ (deadlink). HyperionBooks.com. 2007-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Before I Get Old: 'The 27s' Made Early Exits“. NPR. 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-iyul.
  7. Amy Winehouse Joins Unfortunate „27 Club“ ( at www.forbes.com Error: unknown archive URL 20180503043504 sanasida arxivlangan) // „Forbes“
  8. Amy Winehouse, 27, found dead at her London flat after suspected 'drug overdoseʼ ( at www.dailymail.co.uk Error: unknown archive URL 20110804195203 sanasida arxivlangan) // Daily Mail
  9. Emi Uaynxaus popala v „Klub 27“ ( at www.dv.kp.ru Error: unknown archive URL 20140714200624 sanasida arxivlangan) // „Komsomolskaya pravda“
  10. „Рок-энциклопедия. Robert Johnson“. 2015-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-fevral.
  11. Bruno, Anthony. „Death by Misadventure“, CourtTV Crime Library ( at www.crimelibrary.com Error: unknown archive URL 20080310021116 sanasida arxivlangan)
  12. 100 Greatest Guitarists of All Time ( at www.rollingstone.com Error: unknown archive URL 20090727095734 sanasida arxivlangan). Rolling Stone (August 27, 2003)
  13. „Janis Joplin“ (en). — www.classicbands.com. 2011-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-oktyabr.
  14. "Morrison poem backs climate plea ( at news.bbc.co.uk Error: unknown archive URL 20200316013401 sanasida arxivlangan)", BBC News, January 31, 2007.
  15. „Судмедэкспертиза объяснила смерть Эми Уайнхаус алкогольным отравлением“. Lenta.ru (2011-yil 26-oktyabr). 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-oktyabr.
  16. Cross, Charles R. "P-I’s Writer in Residence Charles R. Cross explores the darker side of 'only the good die youngʻ ( at www.seattlepi.com Error: unknown archive URL 20101205055237 sanasida arxivlangan) in the Seattle Post-Intelligencer, 23 February, 2007. Access date 19, June, 2007
  17. „Ученые разоблачили феномен «клуба 27»“. 2012-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
  18. „Is 27 really a dangerous age for famous musicians? A retrospective cohort study“. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.

Havolalar tahrir

  • forever27.co.uk ( at www.forever27.co.uk Error: unknown archive URL 20210311114936 sanasida arxivlangan), „The Forever 27 Club“ web site(ingl.)
  • the27s.com, „The 27s: The Greatest Myth of Rock & Roll“