Foydalanuvchi:Madinabonu Azizbekova/qumloq

Tunis madaniyati. tahrir

Tunis madaniyati punik, rim, yahudiy, nasroniy, arab, musulmon, turk va fransuz kabi ko'plab madaniyatlarning uyg'unligidir Tunis turli tsivilizatsiyalar uchrashadigan joyga aylandi va uning uch ming yillik madaniyati bu mamlakat o'zining geografik joylashuvi tufayli buyuk sivilizatsiyalar va jahon dinlarining tarqalishi markazida bo'lganidan dalolat beradi. tahrir

Tunis tarixida turli xil O'rta er dengizi madaniyatlari bir necha bor bir-biri bilan o'rin almashgan Karfagen qulagandan so'ng, Tunis hududida Rim imperiyasi hokimiyati o'rnatildi, uning yodgorliklari hozirda Tunis hududi bo'ylab keng tarqalgan. Etti yodgorlik, jumladan El-Jemdagi amfiteatr va Karfagen qazishmalari YuNESKOning Butunjahon merosi obʼyektlari maqomiga ega. tahrir

Afrika cherkovi ta'sirida nasroniylikning ko'p asrlik rivojlanishidan so'ng, mamlakat arablar ta'siriga tushdi. Bu davrda Kayruan tan olingan madaniyat markaziga aylandi. 16-asrda turklar istilosi natijasida hokimiyat markazi Istanbulga koʻchdi, va bu mahalliy hokimiyatlarga fransuz ta'siri o'rnatilgunga qadar mustaqillik berdi. Frantsiya Tunisni modernizatsiya qilishga hissa qo'shdi. tahrir

Tunis madaniyatining harakatlantiruvchi kuchlari juda xilma-xil va aralash meros bilan ajralib turadi: Bardo muzeyi, Sidi Bou Said shahrining me'moriy uslubi, Tunis va Sus medinalari, frantsuz bageti, kruvasan va pishloqni italyan makaronlari bilan birlashtirgan oshxona., musiqada Andalusiya va Usmonli naqshlarining aralashmasi. tahrir