Foydalanuvchi:Maftunam1202/Numuzmatika

Numizmatika

tahrir

Numizmatika (lot. numisma — tanga) — tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yezuvlari, ogʻirligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini oʻrganadi.

O'rta Osiyoda birinchi tangalar:

tahrir

Oʻrta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi (aversi)ga podshoning surati, orqa tomoni (reversi)ga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.

Sharq numizmatikasi:

tahrir

Sharq Numizmatikasiga X. D. Fren asos solgan. Oʻrta Osiyo davlatlari tangalarini oʻrganishda rus olimlari P. S. Savelyev, V. T. Tizengauzen, Ye. A. Davidovich, O. N. Smirnova, oʻzbekistonlik olimlardan M. Ye. Massoy, Sh. R. Pidayev, E. V. Rtveladze, T. S. Yernazarova, Ye. V. Zeymal, B. D. Kochnev, A. A. Musakayeva, I. T. Toʻxtiyev va boshqalarning hissasi katta.

Adabiyot:

tahrir

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil