Foydalanuvchi:Maftunam1202/Qorliq
Qorliq
tahrirQorliq – etnotoponim. Oʻgʻuz boʻgʻinidagi qarluq qabilasining nomidan olingan. Abulgʻozixonning yozishicha, Oʻgʻuzxon navbatdagi yurishga otlanib, hech kimning qoʻshindan orqada qolmasligi toʻgʻrisida farmon berdi. Iliq shamollar esib bahor boshlandi. Oʻgʻuzxon askarlarni sanab chiqqanda, bir necha kishining qoʻshin tarkibida yoʻqligi ma’lum boʻldi. Lekin ularning kimligini hech kim aytib bera olmadi. Bir necha kundan soʻng oʻsha kishilar Oʻgʻuzxon oldiga kelib, qoʻshin ortidan ketayotganda qalin qor yogʻib togʻlarda qolib ketishganini, ot va tuyalari oʻlib ketganini, bahor kelib, havolar isiy boshlagach, qoʻshinga yetib olishganini aytishdi. Shunda Oʻgʻuzxon bu kishilarni va ularning avlodlarini qorliq deb atashga buyruq berdi.
Manbalar:
Halim To`rayev "Buxoro toponimikasi" Buxoro-2021