Foydalanuvchi:Maftunam1202/Rabot

Rabot (arabcha - musofirxona, karvonsaroy) – O‘rta asrlarda arablarning mustahkamlangan qarorgohi.  Tuzilishi to‘rtburchak shaklida, devorlarida

minoralari bo‘lgan. Dastlab islom dini tarqala boshlagan davrda g‘oziylarga mo‘ljallab qurilgan maxsus bino. O‘rta Osiyoda VIII-X asrlarda ko‘chmanchi

aholi yashaydigan hududlar chegarasida ko‘plab rabotlar qurilgan. Ularning  eng mashhuri Raboti Malikdir. Keyinchalik rabot faqat qo‘rg‘on, istehkom ma’nosidagina emas,  balki mehmonxona (karvonsaroy) mazmunida ham tushunilgan. Zohidlar ham maxsus rabotlarda yashaganlar. Rabotlar XI-XII asrlarda O‘rta Osiyo shaharlarining mustahkam qismiga aylangan. XIII asr boshlarida mo‘g‘ullar istilosi natijasida ko‘plab shaharlarning arki va shahristoni

xarobaga aylangan bo‘lsa-da, rabotlarda hayot davom etgan.

Adabiyotlar:

tahrir

Z.M.Qodirov "Arxeologiya" Toshkent. 2021.