Foydalanuvchi:Mamajonov Mo'minmirzo Muzaffar o'g'li/qumloq

Tuproqning nam sig'imlari

tahrir

Tuproqning toʻla  nam sigʻimi – tuproqning barcha gʻovakliklari (boʻshliqlari) suv bilan toʻlgan xolatidagi suv miqdoridir.

Tuproqning kapillyar nam sigʻimi – tuproq bilan sizot suvlari oʻrtasida kapillyar aloqa boʻlgan xolatda, tuproq ushlab tura oladigan suv miqdoridir.

Tuproqning chegaraviy  dala  nam sigʻimi – tuproqning gravitasiya suvlari oqib tushgan va sizot suvlaridan kapillyar toʻyinish yoʻq xolatdagi eng koʻp ushlab turiladigan  suv miqdoridir.

Tuproqning maksimal – moleklyar nam sigʻimi – oʻsimlik soʻlishi boshlanadigan eng kam chegaraviy kritik namligidir.