Foydalanuvchi:Marjona Turayevna Xudoyqulova/Harbiy xavfsizlikka tahdid

HARBIY XAVFSIZLIKKA TAHDID — qurol-yarogʻ ishlatish yoʻli bilan 

mamlakatning ozodligiga, mustaqilligiga suverenitetiga, davlat birligiga, hududiy yaxlitligiga, uning milliy mulkiga, milliy qadriyatlari va manfaatlariga qaratilishi mumkin boʻlgan tahdid; harbiy bayonotlar; namoyishkorona harakatlar, shantaj, bosim, harbiy vositalarni ishlatish yoʻli bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, tasodifiy harbiy toʻqnashuvlar, shuningdek, tasodifiy yadro urushining yuzaga kelish imkoniyati. Uning manbalari quyidagilar: ekstremistik-ekspansiv maqsadlarda harbiy tazyiq qoʻllashning mumkinligini tan olinishidan kelib chiqadigan harbiy doktrinalar va harbiy siyosat; boshqa davlatlar harbiy qudratining ularning mudofaa ehtiyojlaridan ortiq darajada kuchayishi, yadro qurolining mavjudligi va yadro urushi xavfining saqlanib qolishi; yadroviy imkoniyatni qoʻlga kiritishga intilayotgan bir guruh davlatlarning mavjudligi; harbiy-siyosiy notinchlikning keskinlashuvi (mintaqaviy va umumbashariy); harbiy-siyosiy keskinlik oʻchoqlarining va qurolli nizolarning davlat chegarasida va uning hududida mavjudligi; harbiy razvedkalar faolligining oʻsishi; harbiy xavfsizlikka oid shartnomalarning buzilishi va hokazo.