Dutor - forscha "ikkita tor" degan ma`noni anglatadi. Dutor eng qadimiy cholgulardan hisoblanib hatto tanburning ibtidoiy kurinishidan darak beruvchi cholg`u degan tahminlar ham uchraydi. Hatto shunday rivoyat ham bor:

        “Tunda Aflotun shogirdlaridan pinhona o`z hujrasida bir cholg`u sozini yasayotgan vaqtida , uni qanday soz yasayotganini o`rganib olish uchun shogirdi Arastu ohista tuynukdan mo`ralaydi ammo unga cholg`u ko`rinmaydi shunda u cholg`uni devorga sham nuridan tushayotgan soyasidagi shaklga qarab, tonggacha u ham pinhona bir musiqiy cholg`uni yasashga kirishadi. Tongda Arastu yasagan cholgusini ustosi Aflotunga olib borganda shu narsa ma`lum boladiki tunda Aflotun kosasi katta dastasi ingichka cholg`u yasagan bo`ladi Arastu esa aksincha soyada ko`ziga dastasi yo`g`on, kosasi kichkina ko`ringan shakldagi cholg`uni yasagan bo`ladi. Shundan Aflotun yasagan ingichka dasta katta kosali cholg`u -Dutor, Arastu, uni soyasidan qarab yasagan kosasi kichik, dastasi yo`g`on cholg`u esa. Tanbur bo`lib qolgan ekan.

       O`tmish risolalarda Dutor haqida yetarli ma`lumotlar kam. Dutor Tanburga nisbatan yengil ijro etilganligi sababli xalq ichida eng ommaviy cholg`u bo`lib kelgan. Pardalarining pastligi, soni jihatidan kamligi tufayli uni ko`pincha ayollar qo`llab kelganlar va honaki, yengil kuy qo`shiq ijrosida , folklor yollarida foydalanganlar.


[1]

  1. Petrosyans A.I. Instrumentovedeniye.- T., 1980 Semenov A. Sredneaziatskiy traktat po muzike Dervisha Ali (XVII veka) .- 1946 3. Karomatov F. Uzbekskaya instrumentalnaya muzika.- T., 1972.