Technoblade
Shaxsiy maʼlumot
Tugʻilishi Alexander
1-iyun 1999-yil
Vafoti 30-iyun 2022-yil
Kasbi YouTuber
YouTube maʼlumoti
Kanal
Faoliyat yillari 2013–2022
Janr Gaming
Obunachilar 16.6 million
Jami koʻrishlar 1.68 billion
Bogʻlangan aktlar Dream, MrBeast
100 000 ta obunachi 2017[1]
1 000 000 ta obunachi 2019[2]
10 000 000 ta obunachi 2021[3]
Yangilangan 2023-yil 23-avgust

Alexander (1999-yil 1-iyun – 2022-yil 30-iyun) — omma orasida Technoblade nomi bilan mashhur bo'lgan amerikalik YouTuber. Bundan tashqari u o'zi yasagan Minecraft o'yini haqida videolari hamda jonli efirlari bilan tanilgan. U Dream SMP guruhining a'zosi ham hisoblanadi. Technoblade o'zining asosiy YouTube kanalini 2013-yilda ishga tushuradi. Uning asosiy videolari Minecraft video o'yini haqida bo'lgan. U ko'proq Minecraftning Hypixel serveridagi mini-o'yinlarni o'ynab videolar chiqargan. 2019-yilda u juda ham mashxur bo'lib ketadi. Bunga asosiy sabablardan biri bu uning 1vs1dagi ajoyib o'yinlari edi. Technoblade 2020-yilda Dream SMP guruhiga taklif qilinadi va qo'shiladi.

2021-yilning avgust oyida Alexander o'zida saraton borligi haqida ma'lumot beradi. Saratonga qarshi bir nechta urinishlar samarasiz natija beradi va Technoblade 2022-yilning iyun oyida olimdan ko'z yumadi. Ushbu mudhish voqea YouTube hamda Minecraft foydalanuvchilari orasida qayg'uli reaksiyalarga sababchi bo'ladi. Technobladening o'limi paytida, uning asosiy YouTube kanalida 11 million obunachilar bo'lgan[4].

Internetdagi faoliyati tahrir

Alexander 2013-yilning 28-oktyabrida YouTube kanalini yaratadi hamda unga videolarni yuklashni boshlaydi[5]. U yuklagan videolarning katta qismi Minecraft video o'yinida haqida bo'lgan. Ushbu o'yinning Hypixel serveridagi mini-o'yinlarni o'ynash haqida videolar olgan[6][7][8]. 2017-yilda chiqarilgan videoda Technoblade poyga o'yinlari uchun ishlatiladigan ruldan foydalanib, Minecraft o'yinini hardcore rejimida tugatadi[9]. Boshqa bir videoda bo'lsa, Technoblade im_a_squid_kid nomli foydalanuvchi bilan bellashadi. Ushbu videoda, u Hypixel serverida juda ham ko'p kartoshka ishlab chiqarishga urinib ko'radi. Video esa "The Great Potato War" nomi ostida YouTubega yuklanadi[10].

2019-yilda Technobladening mashxurligi juda ham ortib ketadi. Bunda uning Keemstarning "Minecraft Monday" musobaqalarida g'olib bo'lganligi katta rol o'ynaydi[11][12]. Bundan tashqari u, MC Championship musobaqalarida boshqa YouTuberlar bilan birga faol ishtirok etadi. Hatto, ulardan ikkitasida g'olib ham chiqadi. Cale Micheal Technobladeni Minecraft haqida videolar chiqaradigan eng yaxshi foydalanuvchi deb ta'kidlagan[7].

 
Technobladening YouTube kanali logotipi

Shaxsiy hayoti tahrir

Alexander 1999-yilning 1-iyuninda tavallud topadi[13]. U asosan California shtatining San Francisco shahrida yashagan[14]. 2018-yilda chiqarilgan videoda, Technoblade universitetda o'qimoqchi ekanligini aytadi[15]. Biroq, 2019-yilda u Minecraft haqida ko'proq video chiqarish uchun universitetni tashlaganini oshkor qiladi[10][16].

Technoblade faoliyati davomida interviewlar berishni hoxlamagan. Bu uning hamda oilasining maxfiyligini saqlab turgan. Bunga qaramasdan, ko'plab videolarida o'zining shaxsiy hayoti haqida gapirib o'tadi. Uning oilasi o'limidan so'ng ham intervyu berishdan bosh tortishadi. 2016-yilda u o'z ismini Dave ekanligini aytib obunachilarini alaydi[10]. O'limidan so'ngina uning asl ismi Alexander ekanligi aniqlanadi[17][18][19].

Saraton tashxisi va o'limi tahrir

  Tashqi videofayllar
  where i've been
Technobladening saraton prognozi haqidagi video, 2021-yilning 27-avgustida chiqarilgan.
  I Almost Became An Amputee
TTechnobladening saraton kasalligi haqida yangiliklar haqidagi video, 2021-yilning 23-dekabrida chiqarilgan.
  so long nerds
Technobladening vafoti e'lon qilingan video, 2022-yilning 30-iyunida chiqarilgan.

2021-yilning 27-avgustida yuklangan videoda, Technoblade o'ng qo'lida og'riq va yelkasidagi shishish haqida ma'lum qiladi. Shifokorlar bularni aniqlagan holda unga saraton kasalligi tashxisini qo'yishgani haqida aytadi[20][12]. Ushbu xabarni eshitgan do'sti YouTuber Dream saraton kasalligiga oid tadqiqotlarni qo'llab quvvatlash uchun $21,409 hayriya qiladi[21]. Saratonga qarshi kimyoterapiya va radikal terapiya muvaffaqiyatsiz yakunlanadi[22]. Uning onkologi unga qo'lini amputatsiya qilish kerakligini aytadi. 2021-yilning dekabr oyida Technoblade qo'lini muvaffaqiyatli operatsiya qildiradi[20]. COVID-19 pandemiyasi paytida u o'z obunachilariga niqob taqib yurishni va virusga qarshi vaksina olishni masalahat beradi[23].

2022-yil 30-iyunda, "so long nerds" nomli video uning YouTube kanaliga yuklanadi. Ushbu videoda Technobladening dadasi farzandi saraton tufayli vafot etganini ma'lum qiladi[20][22]. Technobladening dadasi o'g'lining o'limidan 8 soat oldin yozilgan xatni o'qib eshittiradi[10]. Shuningdek, u kelajakdagi savdo hamda videolardan tushadigan daromadlar Sarcoma Foundation of Americaga hayriya qilinishi[24][25] va boshqa farzandlarining ta'lim olishi uchun ishlatilishini aytib o'tadi[12]. Video Technobladening onasi yozgan xabar bilan tugallanadi[26][27]. Technoblade videoni o'zi taqdim etishni reja qilgan ammo uning sog'lig'iga bog'liq muammolar bunga xalaqit beradi[24]. Shuningdek, videoda The Killersning Exitlude qo'shig'i ham qo'yilishi rejalashtirilgan bo'lgan. Ammo, mualliflik huquqiga oid tashvishlar tufayli bunday bo'lmaydi[28].

Technoblade hech qachon qanday turdagi saraton kasalligiga chalinganini aytmagan. Bunga qaramasdan, u YouTube faoliyati davomida Sarcoma Foudnation Americaga hayrida qilish uchun $500,000 yig'adi[4]. Bir nechta nashrlar Technoblade metastatik sarkoma tufayli vafot etganligini xabar berishadi, SFA bo'lsa Technobladega sarkoma bilan tashxis qo'yilganini ma'lum qilishadi[29].

2022-yilning 20-sentyabrida, SFA Technobladening yelkasidagi og'riqli shish tekshirilganda unga 4-bosqichli o'ziga xos bo'lmagan sarkoma tashxisi qo'yilganini oshkor qilishadi[30].

Reaksiyalar hamda hurmat tahrir

 
TommyInnit & Friends nomli jonli shouda Technobladega ko'rsatilgan hurmat

Uning vafoti etganligi haqidagi xabar YouTubeda o'sha kunining trendiga aylanadi[31]. Twitterda esa trend mavzusiga bo'ladi[32]. Video bir necha kun davomida trendda turadi va birinchi 24 soatda 30 million ko'rishlar soniga erishadi[31]. 2022-yilning avgust oyining oxirigacha ushbu video 80 milliondan ortiq ko'rishlar soni hamda 8 milliondan ko'proq likelarga ega chiqadi. Bu esa videoni Technobladening YouTube kanalida eng ko'p ko'rilgan videoga aylantiradi[33]. Xabar 87 million ko'rishlar soni bilan 2022-yilda YouTube platformasida eng ko'p ko'rilgan video maqomiga ega chiqadi[34][35]. 2022-yilning avgust oyida Technobladening YouTube kanali 15 million obunachilar soniga erishadi[36].

Dream va Dream SMPning a'zolari kabi boshqa YouTuberlar unga nisbatan oilasiga hamdardlik bildiradi[20][37][20]. Rasmiy Minecraft twitter akkaunti, Hypixelning asoschisi Simon Collins-Laflamme[8][37], va Elon Musklar ham shunday hisyotlarni bildirishgan[12][38][39]. YouTube twitterda Technobladening oilasi, do'stlari hamda muxlislariga chuqur hamdardlik bildiradi[40]. Sarcoma Foundation of America Technobladening hurmati uchun veb-saytida maqola yozadi[41]. Polygon Technobladeni "Minecraftdagi eng mashxur shaxslardan biri" sifatida tariflaydi[37].

The New York Times bilan bo'lgan intervyuda Hypixelning bosh adminstratori Don Pereso Technobladening oilasi Technobladening o'limiga bo'g'liq bo'lgan fikrlar boshqa yuborilmasligini aytib o'tadi. Shuningdek, Hypixel jamoasi foydalanuvchilarga bir oy davomida o'yin ichida bir betlik xabar yozish imkonini berishadi[42]. 2022-yilning noyabr oyida 377,000 dan ortiq xabarlar Technobladening oilasiga yuboriladi[10][43].

2022-yilning 2-iyulida Mojang Studios Technobladega hurmat ko'rtasatish uchun Minecraft: Java Edition dasturiga uning rasmini qo'shadi[44]. Studiya rasmdagi cho'chqaga toj kiydirishadi. Bu esa Technobladening YouTube kanali logosi va Minecraft o'yinidagi skiniga o'xshash edi[39]. Bir oydan so'nggi yangilanishda rasmdagi tojni olib tashlashadi[45]. Technobladening ko'plab muxlislarining iltimosiga binoan Mojang o'yinning sarlavha qismiga "Technoblade never dies!" gapini qo'shadi[45][46].

2022-yilning 28-sentyabrida Sarcoma Foundation of America Technobladening oilasiga SFA jasorat mukofotini taqdim etadi. Ushbu mukofot Technobladening sarkomaga qarshi ko'rsatgan kuch va qat'iyati uchun beriladi[30].

Technoblade YouTube kanalining yaratilganidan to'qqiz yil so'ngra 2022-yilning 28-oktyabrida YouTubening rasmiy kanalida "Technoblade never dies" nomli video yuklanadi. Ushbu video Technobladening 9 yilligini nishonlash uchun ommaga taqdim etiladi. YouTube uning vafotidan so'ng kuniga o'rtacha 300 ta "Technoblade never dies" nomli yangi videolar chiqarilganini ma'lum qiladi[47]. Aynan shu kuni MrBeast kanalida Technoblade ishtirok etgan so'ngi video deb ishoniladigan video yuklanadi[48][49].

2023-yilning 23-iyunida Dream "Until I End Up Dead" nomli o'zining 4-qo'shig'ini Technoblade xotirasi uchun ommaga taqdim etadi[50]. Keyinchalik 2023-yilning 26-avgustida Dream Technoblade uchun yana boshqa "The Duel" nomli video ham chiqaradi[51].

Manbalar tahrir

  1. „Technoblade“. YouTube. 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  2. „Technoblade's YouTube Stats“. SocialBlade. 2020-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  3. „Technoblade's YouTube Stats“. SocialBlade. 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  4. 4,0 4,1 Owoseje, Toyin. „Technoblade, Minecraft YouTuber watched by millions, dead at 23“. CNN (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  5. „About“. Technoblade. 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  6. Powell, Tori „Technoblade, popular internet gamer, dies at 23 after battle with cancer“. CBS News (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  7. 7,0 7,1 Michael, Cale „Why is Technoblade not competing in MC Championships (MCC) 14, Season 2“. Dot Esports (2021-yil 29-may). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  8. 8,0 8,1 Fay, Kacee „'Force to be reckoned with': Internet comes together to mourn Technoblade“. Dot Esports (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  9. Taylor, Mollie „Sadist turns a Bop It into a Minecraft controller“. PC Gamer (2021-yil 1-iyun). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Holpuch, Amanda. „Mourning Technoblade: Fans Grieve a Minecraft Star They Never Met“. The New York Times (2022-yil 19-iyul). 2022-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  11. Blistein, Jon (July 1, 2022). „Technoblade, Popular Minecraft Player and YouTube Creator, Dead at 23“. Rolling Stone. July 1, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 1, 2022.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 Blistein, Jon (July 1, 2022). „Minecraft Pays Tribute to Trailblazing Streamer Technoblade: 'He Meant So Much to Our Community'. Rolling Stone. July 2, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 15, 2022.
  13. Technoblade [@technothepig]. „my birthday's tomorrow. looks like this is the end boys“ (2020-yil 31-may). 2022-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  14. Pandey, Devasheesh „Who is Technoblade, Minecraft streamer who died from cancer at 23?“. India TV (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  15. Technoblade. im going to college AHHHHHHHHHHHHH.
  16. Technoblade. i dropped out of college to play minecraft lol.
  17. Saunders, Cindy „Technoblade Tribute“ (en-US). Sarcoma Foundation of America (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-fevral.
  18. Vincent, James. „Technoblade, a popular Minecraft YouTuber, dies from cancer age 23 — shares final video“. The Verge (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  19. Suliman, Adela. „'Technoblade,' a star Minecraft gamer on Youtube, dies of cancer at 23“ (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  20. 20,0 20,1 20,2 20,3 20,4 „Technoblade: Minecraft YouTuber dies from cancer aged 23“. BBC News (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  21. Michael, Cale „Technoblade and the Minecraft community raise $323K for cancer research in under four hours“. Dot Esports (2021-yil 26-sentyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-oktyabr.
  22. 22,0 22,1 Gutelle, Sam „YouTube's 'Minecraft' community is mourning the death of Technoblade“. Tubefilter (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  23. Michael, Cale „Minecraft content creator Technoblade announces he has been diagnosed with cancer“. Dot Esports (2021-yil 27-avgust). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
  24. 24,0 24,1 Michael, Cale „Minecraft content creator Technoblade has died following battle with cancer“. Dot Esports (2022-yil 30-iyun). 2022-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  25. Evans, Greg „Technoblade Dies: YouTube Creator & Minecraft Gamer With 11 Million Subscribers Was 23“. Deadline (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  26. „Minecraft YouTuber Technoblade dies from cancer as his dad posts message he'd prepared for followers“. Sky News (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  27. Dinsdale, Ryan „Minecraft YouTuber Technoblade Dies, Aged 23“. IGN (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  28. Ghoshal, Shivaditya „Late Minecraft YouTuber Technoblade's Father Shares An Emotional Song That Was Supposed To Be In His "so long nerds" Video“. EssentiallySports (2023-yil 27-yanvar). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  29. (2022-yil 1-iyul). „Sarcoma Foundation of America Responds to the Death of Gamer Technoblade“. Press-reliz.
  30. 30,0 30,1 „Technoblade To Be Honored by SFA with Courage Award at New York Gala“. Press-reliz.
  31. 31,0 31,1 Stanton, Rich „Minecraft Youtuber Technoblade dies at the age of 23“. PC Gamer (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  32. „Fans remember Technoblade, a Minecraft YouTuber who died of cancer“ (en-CA). CBC.ca (2022-yil 4-iyul). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  33. Technoblade. so long nerds.
  34. Stanton, Rich. „Technoblade's farewell is the top trending YouTube video of 2022“. PC Gamer (2022-yil 2-dekabr). 2022-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
  35. Spangler, Todd „YouTube Releases 2022 Trending U.S. Videos, Creators: Technoblade, MrBeast Top Lists“ (en-US). Variety (2022-yil 1-dekabr). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
  36. Cyre, Clayton Sterling „YouTuber Technoblade Posthumously Passes Major Subscriber Milestone“. Game Rant (2022-yil 3-avgust). 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  37. 37,0 37,1 37,2 Goslin, Austen „Popular Minecraft YouTuber Technoblade dies at 23“. Polygon (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  38. Massie, Graeme „Elon Musk breaks Twitter silence after nine days“. The Independent (2022-yil 2-iyul). 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  39. 39,0 39,1 Kastrenakes, Jacob „Minecraft adds tribute to Technoblade after streamer's death“. The Verge (2022-yil 4-iyul). 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  40. YouTube [@YouTubeGaming]. „Through the hardest challenges, Technoblade was able to share his light and energy with so many around the world. We're deeply saddened by the news of his passing and our thoughts go out to his family, friends, and the @Technothepig community❤️“ (2022-yil 1-iyul). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  41. Saunders, Cindy. „Technoblade Tribute“ (2022-yil iyul). 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  42. Holpuch, Amanda. „Technoblade, YouTube Star Popular for Minecraft Videos, Has Died“. The New York Times (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  43. NoxyD „Noxy @ Hypixel Studios on Twitter: "With permission from his family here are the Technoblade book(s) of condolences in full. Players on the Hypixel server were able to leave a message to be printed into the book.“. Twitter (2022-yil 11-noyabr). 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  44. Chalk, Andy „Mojang pays tribute to Technoblade on the Minecraft loading screen“. PC Gamer (2022-yil 4-iyul). 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  45. 45,0 45,1 Fay, Kacee „Fans outraged after Mojang removes Technoblade tribute from Minecraft launcher“. Dot Esports (2022-yil 6-avgust). 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  46. Diaz, Ana „Minecraft launch page remembers Technoblade with his avatar“. Polygon (2022-yil 6-iyul). 2022-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  47. Michaels, Stephen „Technoblade Fans Touched By YouTube's Tribute Video“. SVG (2022-yil 29-oktyabr). 2023-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  48. MrBeast. 100 Youtuber Minecraft Battle Royale!.
  49. Tomar, Mintu „Technoblade Fans Get Emotional as MrBeast Gives a Heart-Melting Tribute“. EssentiallySports (2022-yil 29-oktyabr). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
  50. Garcia, Thania; Aswad, Jem „Music Industry Moves: Singer-Songwriter Ilsey Signs With Elektra, Dream Inks With Mercury/ Republic“ (en-US). AOL (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  51. „The Duel“, YouTube (ingliz (Amerika)), 2023-09-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2023-08-29