Kichik Orolning suv sathi 2010-yilning oktabr oyida 2004-yilga nisbatab 11,5 km³ ortib, 27,1 km³ga yetdi, bu dengizning 870 kvadrat kilometrlik qurigan qismini qoplash imkonini beradi. Umumiy minerallashuvi 1 litrda 23 grammdan 17 grammga kamaygan, baliq yetishtirish 400 kilogrammdan (1990-yillar boshlari) 11000 tonnaga ortgan[1]. Koʻkoral toʻgʻoni tufayli Kichik Orol dengizi achchiq-shoʻr suvsiz suv omboridan yarim oqovali suv omboriga aylantirildi. Sirdaryodan chuchuk suvni qabul qilishi va shoʻr suvni oqova orqali suv toʻgʻonlaridan muntazam chiqib ketishi, koʻldagi tuzni bosqichma-bosqich yuvish uchun sharoit yaratdi. Hozirda Kichik Orol- ozgina shoʻrlangan suv ombori boʻlib, minerallashuvi 8-9 ppm. Biroq, vaqt oʻtishi bilan u deyarli chuchuk suvga aylanishi mumkin. Sirdaryo deltasi toʻgʻon yonida joylashganligi sababli, chuchuk suvning butun dengiz boʻylab faol aylanishiga toʻsqinlik qiladi va suvni tuzsizlantirish jarayoni sekinlashtiradi.

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named mail