Toshkentda havoning ifloslanishi jiddiy muammo hisoblanadi. Ekologik muammolari ichidagi eng halokatlisi. Ifloslanish darajasi Oʻzbekistonning boshqa koʻplab shaharlaridab keskin farq qiladi.

Havosini ifloslantiruvchi manbalar tahrir

Avtotransport vositalari tahrir

Toshkent shahridagi atmosfera havosi ifloslanib borayotganining sabablari biri sifatida avtomobillar soning keskin koʻpayib ketganligini taʼkidlanadi. Oʻzbekiston boʻylab avtomobillar soni 2021-yilda 3,14 million donani tashkil qilgan boʻlsa, 2023-yilga kelib bu son 4,6 millionga yetdi[1].

2024-yil yanvar holatiga koʻra, Toshkent shahrida kuniga oʻrtacha 730 mingta avtotransport harakatlanadi. Bundan tashqari, boshqa hududlardan 160 mingdan 300 mingtagacha avtotransport vositasi kirib kelgan. Xalqaro standartlarga mos boʻlmaydigan AI-80 markali benzindan harakatlatlanadigan avtotransport vositalari esa atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqarmoqda[1].

Daraxtlar tahrir

Toshkentda daraxtlar va butalarning kesilishiga e’lon qilingan moratoriy davrida 49 mingga yaqin daraxtlar noqonuniy kesilgan[1]. 2022-yil kuz mavsumi va 2023-yil bahor mavsumida ekilgan ko‘chatlarning 10 millionga yaqini qurigan. Shundan 7,5 millionga yaqini suvsizlik tufayli qurigan[2].

Qurilish tahrir

Shaharda bir necha bor qurilish ishlarini amalga oshirmaslik boʻyicha moratoriy e’lon qilinganiga qaramay, toʻxtagani yoʻq[1].

Yoqilgʻilar tahrir

2019-yilda 3,9 milllion tonna koʻmir yoqilgʻisidan foydalanilgan. 2022-yilga kelib 5,3 milllion, 2023-yil yakuniga koʻra esa, 6,7 million tonnaga tashkil etgan. Koʻmir qazib olish, tashishdan to ishlatishgacha boʻlgan jarayonda ajralib chiquvchi ifloslantiruvchi moddalar esa atrof-muhit, xususan, atmosfera havosi, tuproq hamda suv resurslarining ifloslanishiga sabab boʻladi[1].

Shaharda mavjud 6 ta issiqlik markazlarining 9 ta qozonxonalarida 2023-yilning dekabr oyida 3 ming tonna mazut yoqilgʻisidan foydalanilgan[1].

Tabiiy omillar tahrir

Shahar havosi ifloslanishi shamol tezligi va yoʻnalishi, quyosh radiatsiyasi, havo harorati, harorat inversiyalari, atmosfera yogʻinlarining miqdori hamda davomiyligi va boshqa tabiiy omillar ham sabab boʻladi. Shahar chuqurlikda joylashgan va atrofi togʻlar bilan oʻralganligi uchun shamol yaxshi aylanmaydi. Shuning uchun chang havo oqimi shaharda turib, dimlanib qoladi va tabiiy yoʻl bilan chiqib ketolmaydi[1].

Turlari va darajalari tahrir

Zarrachalar tahrir

Azot oksidlari tahrir

Oltingugurt dioksidi tahrir

Uchuvchi organik birikmalar tahrir

Doimiy organik ifloslantiruvchi moddalar tahrir

Monitoring va hisobotlar tahrir

Oqibatlari tahrir

Sogʻliq tahrir

Iqtisodiyot tahrir

Taklif etilayotgan yechimlar tahrir

Avtomobillar harakatini tahrir

Ekologik salbiy oqibatlarning oldini oldini olish uchun quyidagilar tavsiya qilingan[3]:

  • "Yevro-4” standartidan quyi ekologik toifadagi yoqilg‘idan (AI-80) foydalanishni taqiqlash;
  • Tirbandlikni kamaytirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash uchun Toshkentda kunning ziq vaqtlarida (ertalab 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha) yuk tashish uchun mo‘ljallangan, vazni 3,5 va 12 tonnadan ortiq transport vositalarini harakatini cheklash;
  • 2010-yilgacha ishlab chiqarilgan har qanday toifadagi avtotransport vositalari harakatlanishini taqiqlash, transport vositalari egalariga zamonaviy transport vositalariga o‘tish uchun (elektromobil) subsidiya, pereferensiyalar va imtiyozlar berishni yo‘lga qo‘yish;
  • avtomobillarni “toq va juft” kunlarda boshqarish qoidasini joriy etish;
  • diqqatga sazovor markaziy ko‘chalarda avtotransport vositalaridan xoli hududlarni tashkil qilish;
  • jamoat transportini to‘liq gaz-ballon yoqilg‘isi, elektr va boshqa alternativ yoqilg‘i turlariga o‘tkazish;

Daraxtlar ekish tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir