Foydalanuvchi:Navro'z2000/Tarixshunoslikning rivojida mahalliy va xorij tarixini tadqiq qilish

Tarixshunoslikning rivojida mahalliy va xorij tarixini tadqiq qilish tahrir

O’zbekiston  tarixi va   tarixshunosligini  mustaqil holda  rivojlantirish  uchun unga  jahon  tarixi va  tarixshunosligi  bilan birgalikda  o’rganish, tadqiqot  olib  borish kerak. Mahalliy  tarixshunoslar  chet el  tarixshunosligini  juda yaxshi  o’rganishlari va  undan foydalanishlari  zarur.   Qiyosiy tahlil  orqali  bu natijalarga  erishish  mumkin, albatta. Zamonaviy  tarixchi amaliy  mushohada yuritmog’i  lozim va O’zbekiston  tarixiga  jahon tarixining  bir  bo’lagi sifatida  qarab, o’zga  mamlakatlar tarixini  bilish  bilangina cheklanib  qolmasligi  lozim.  O’zbekiston tarixchilari  o’zlarini  boshqa svilizatsiyalarning tadqiqotchilari   sifatida  ham namoyon  etishlari   zarur.

Markaziy  Osiyo tahrir

Bugungi   kunda Markaziy  Osiyo  tarixi bo’yicha  chet   el mutaxassislari  bilan  mustahkam shaxsiy   aloqlar  o’rnatigan. Shaxsiy  hamkorlikdan ilmiy-tadqiqot  jamoalari  va ma’rifiy  tashkilotlar  darajasidagi aloqalarga  o’tish  vaqti keldi. Barchamizga ma’lumki, Markaziy  Osiyo  qadimdan  turli qabila  va  elatlarning makoni  bo’lib  kelgan. Biz qadimdan  bizning  hududlarimizda  yashagan va  biz  bilan doimiy  aloqada  bo’lgan turkiy  va  boshqa xalqlar  tarixini  yaxshi bilsakgina  o’z  tariximizni mukammal, holis, haqqoniy yarata  olamiz.  Shunday ekan  tarixshunoslikning  rivoji va  mukammallashuvida  nafaqat mahalliy  tarixni  qolaversa, xorij  tarixni ham  mukammal  bilishimiz zarur.