Foydalanuvchi:Navro'z2000/Xorazmshoxlar davlati tarixi adabiyotlarda

Xorazmshoxlar davlati tarixi adabiyotlarda tahrir

Xorazmshoh Muhammad o’z hukmronligi davrida hamda noshud siyosati natijasida harbiylar tabaqasi, ruhoniylar va xalq ommasini o’ziga qarshi qilib qo’ydi. Saltanat vaziri mansabini yo’q qilgach, u o’zining byurokratiyasini ham zaiflashtirdi. U tashqi dushmanlariga qarshi chiqish uchun davlat tizimining na biror bir unsuri, na aholining biror bir tabaqasiga tayana oldi va mag’lub bo’ldi.

 - Chingizxon bosqini rafasida Xorazmshohlar davlati og’ir ichki tarqoqlikni boshdan kechirardi. Markaziy hokimiyat zaiflashdi. Xorazmshoh qo’shiniga qat’iy intizomga ega bo’lgan, tez harakat taktikalarni o’zlashtirgan mo’g’ullar armiyasi qarshi turgan. V.V. Bartold uzining “Obrazovanie imperii CHingizxana” degan asarida qisman Xorazmshohlar davlati va uning davlat tizimi haqida to’xtalib o’tadi. V.V. Bartoldning “Istoriya kulturnoy jizni Turkestana” asarining III bobida

Xorazmshohlar davlatiga alohida ahamiyat berilgan. Akademik V.V. Bartoldning O’rta Osiyo turkiy xalqlari tarixiga oid o’n ikki dars (lektsiya)lari avvalboshda 1927-yili turk tilida chop etildi. Tarjimonlar Ahmad Zakiy Validiy va Rog’ib Xulusi bo’lgan. Ushbu asarning VIII, IX va XII lektsiyalarida mavzuga doir materiallar, fikr va xulosalar mavjud. Xorazmda davlatchilik masalasiga professor S.P. Tolstov ham katta ahamiyat bergan. Jumladan, u “Drevniy Xorezm”, “Po sledam drevnexorezmiyskoy tsivilizatsii” va “Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta” asarlarida Xorazmshohlar haqida to’xtalib o’tadi. Shuningdek, A.Yu.Yakubovskiy , Ya.G’. G’ulomov , N.N.Vakturskaya, O.A.Vishnevskaya Ye.E. Nerazik, A.M. Belenitskiy, I.B. Bentovich, O.G. Bolshakov va boshqa mualliflarning asarlarini ko’rsatish mumkin.

Yuqorida nomlari tilga olingan olimlardan tashqari, o’zbek olimlaridan I.Jabborovning “Buyuk Xorazmshohlar davlati” risolasida bir necha ming yillar davomida o’z qudrati va tarixiy voqealarga boyligi tarix sahifalarini to’ldirib kelgan xorazmliklarning uzoq o’tmishidan Buyuk Xorazmshohlar davrigacha rivojlanib kelgan qadimiy davlat va uning madaniyati tarixi to’g’risida hikoya

qilinadi. Asar ko’psonli tarixiy, arxeologik, etnografik adabiyot va manbalar asosida yozilgan. T.Saidqulov tomonidan “O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar” kitobida Xorazmshohlar davlati tarixiga oid masalalarni o’z ichiga oladi. Unda mavzuga oid O’rta Osiyoning tarixshunosligi masalasi, tarixiy adabiyotlarni, jumladan, arab, fors, turk tillarida yozilgan manbalarni tahlil etish asosida bayon etilgan. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi, yuksalishi va so’ngra yemirilib ketishi nafaqat O’rta Osiyo, balki o’rta asr butun musulmon Sharqi tarixida muhim jarayon bo’ldi. SHu sababdan ham bu mavzuga bag’ishlangan bir qancha tadqiqotlar yaratilgan. Jumladan, chet ellik olimlardan, xususan, tarkiyalik olim Ibrohim Qofas o’g’lining “Xorazmshohlar davlati tarixi” kitobini tilga olish mumkin. Ikkinchi muallif o’z asarida 1092-1229 yillar davomida Xorazmshohlar davlatida sodir bo’lgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy voqealarni batafsil bayon qiladi. Ushbu mavzuga bag’ishlangan tadqiqotlardan yana biri - bu Ziya Buniyatovning “Anushtagin - Xorazmshohlar davlati” (1097-1231) asaridir. Kitob Markaziy Osiyo xalqlarining 140 yillik davrini qamrab oladi. Movarounnahrda vujudga kelib, buyuk saljuqiylar davlatini va Bag’dod xalifaligini larzaga solgan, bosqinchi qoraxitoylar davlatini tor-mor keltirgan, so’nggi g’aznaviylarni ham o’ziga bo’ysundirgan, markazi Xorazm bo’lgan qudratli davlatimiz tarixi siyosiy-iqtisodiy tuzumi, yuksak madaniyati bu kitobda ishonchli asl manbalar asosida yoritib beriladi. Tadqiqot doirasida B.G’afurovning “Tojiklar” degan asari ham qimmatlidir . Mazkur asarda Xorazmning Xorazmshohlar (- B.522-599) va mo’g’ul hukmronligi davri (- B.600- 630) tarixi boy manbalar asosida yoritilgan. XX asr ingliz adabiyotlari orasida fransuz muallifi Rene Kraussetning ingliz tiliga o’girilgan “Dasht imperiyasi. Markaziy Osiyo tarixi”asari alohida o’rin tutadi. Kitobda mo’g’ullar bilan bog’liq voqealar, Jaloliddinning ularga qarshi kurashi alohida bob sifatida berilgan. Kraussetning qayd etishicha, u asosan, Jaloliddin Manguberdi haqidagi asosiy manbalardan biri bo’lgan Nasaviyning asaridan foydalangan. U o’z kitobida ushbu asarlardan tsitatalar keltiradi va aytarli yangi ma’lumot bermaydi. Navbatdagi asar Desmond Martinning qalamiga mansub “Chingizxonning paydo bo’lishi va uning Shimoliy Xitoyni zabt etishi”asaridir. Shuni ta’kidlash joizki, kitobning ilova qismida berilgan “Movarounnahrning mo’g’ullar tomonidan zabt etilishi”ni hisobga olmaganda, asarning o’zida Xorazmshohlar, xususan, Chingizxonning hayot yo’li va uning faoliyatini yoritganda muallif deyarli butun asar davomida Jaloliddin yoki Xorazmshohlarni tez-tez tilga oladi. Oven Lattimorening qayd etishicha, muallif Xitoy va mo’g’ul manbalaridan foydalangan. Asar so’ngida xitoy, yapon va mo’g’ul adabiyotlari ro’yxati berilgan.