Foydalanuvchi:Nazirjon.Qosimjanov/qumloq

Ajraladigan birikmalar — birikmalar tarkibidagi detallarni ajratish vaqtida shikast yetkizmasdan (qayirmasdan, yormasdan, sindirmasdan) ajratib olinadigan birikmalar. Ajraladigan birikmalar o'z navbatida ikkiga bo'linadi: qo'zg'aladigan va qo'zg'almaydigan. Qo'zg'almaydigan birikmalarga deyarli barcha rezbali birikmalar: boltli, vintli, shpilkali, fitingli birikmalar kiradi. Qo'zg'aladigan yoki suriladigan birikmalarga esa: shponkali, shtiftli, shlitsali birikmalar kiradi[1].

Qo'zg'almaydigan birikmalar

tahrir

Birikma detallari bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasa, ya’ni ular o‘zaro mustahkam biriktirilgan bo‘lsa, qo'zg‘almas birikma deyiladi. Ularga boltli, shpilkali, vintli, fitingli kabi birikmalar kiradi.

Boltli birikmalar

tahrir

Boltli birikmalarga bolt, gayka, shayba va biriktirilishi lozim bo'lgan detallardan tuzilgan birikmalar kiradi. Boltli birikmalar konstruksiyasi to’liq ko‘rsatilgan, soddalashtirilgan, shartli ko‘rinishlarda chizilishi mumkin. Yig‘ish chizmalarida soddalashtirilgan turi chizilsa, sxematik chizmalarda shartli turi chiziladi. Qolgan hollarda asosan konstruksiyasi to’liq ko'rsatilgan turi chiziladi.[[ashirboyev chizmachilik]] Soddalashtirilgan boltli birikmada bolt va biriktiriluvchi detallar orasidagi tirqish ko‘rsatilmaydi, rezbasi butun sterjen bo‘yicha chiziladi hamda faskalar umuman tasvirlanmaydi.

Boltli birikmalarda boltning uzunligi biriktirilishi lozim bo‘lgan detallarning qalinliklariga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi: l=H1+H2+1,3d.

Bunda, l — boltning uzunligi, H1, H2 — biriktirilishi lozim bo‘lgan detallar, 1,3d ga shaybaning qalinligi s, gaykaning balandligi h va rezbaning gaykadan chiqib turadigan ehtiyot qismi (faskasi bilan) kiradi. [[I. Rahmonov. Chizmachilik]]

Vintli birikmalar

tahrir

Vintli birikma hosil qilish uchun vintni biriktiriluvchi detallardan birining rezbali teshigiga burab kiritish yo‘li bilan unga boshqa detalni mustahkamlanadi.

Vintli birikmalarning konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan, soddalashtirilgan va shartli ko‘rinishlarda tasvirlash mumkin. Yig‘ish chizmalarida vintli birikmalar soddalashtirilib chiziladi va rezbasi butun sterjen bo‘yicha chiziladi. Vint burab kiradigan rezbali teshikning oxirida 120o li konus chuqurcha va vint bilan mustahkamlanadigan detal orasidagi tirqish ko‘rsatilmaydi. Sxematik chizmalarda shartli tasviri chiziladi. Soddalashtirilgan va shartli tasvirlarida vintni buraydigan ariqcha (shlitsa) toretsida yo‘g‘onlashtirilgan to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida shartli ravishda, 45o ga burib ko‘rsatiladi.

Vintning uzunligi l=l1+H orqali aniqlanadi.

Bu yerda l1 – vint kiritiladigan rezbali chuqurcha, H – biriktiriladigan detal qalinligi.

Vintlarning uzunligiga silindrik, yarim yumaloq kallagi hamda yarim yashirin kallakli vintning shar qismi kirmaydi.

Metall detallarni yog‘ochga biriktirish, yoki yog’och detallarni o’zaro biriktirish shurupli birikmalar orqali amalga oshiriladi. [[I. Rahmonov. Chizmachilik]]

Shpilkali birikmalar

tahrir

Shpilkali birikma deb — shpilka, gayka, shayba va biriktiriladigan detallardan tuzilgan birikmaga aytiladi. Shpilkali birikmalarning konstruksiyasi to’liq ko‘rsatilgan, yig‘ish chizmalarida soddalashtirilib yoki shartli tasvirlanishi mumkin. Yig'ish chizmalarida soddalashtirilgan tasvirlari, sxematik chizmalarda esa ularning shartli tasvirlaridan foydalaniladi. Qolgan hollarda esa konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatiladigan turi bajariladi.

Shpilkali birikmada shpilkaning uzunligi l quyidagi formula orqali aniqlanadi: l=H1+1,3d

Bunda, H1 biriktirilishi lozim bo'lgan detal qalinligi, 1,3d ga shayba qalinligi s, gayka balandligi H va rezbaning gaykadan chiqib turadigan ehtiyot qismi (faskasi bilan) kiradi. [[ashirboyev chizmachilik]]

Fitingli birikmalar

tahrir

Qo'zg'aladigan birikmalar

tahrir

Birikma detallari bir-biriga nisbatan harakat qilsa, qo‘zg‘aladigan birikma deyiladi.

Qo’zg’aladigan birikmalarga shponkali birikmalar, shtiftli birikmalar, shlitsali birikmalar kiradi.

Shponkali birikmalar

tahrir

Shponkali birikmadan turli detallar – tishli g‘ildirak, shkif, mufta va boshqalarni vallarga qo‘zgalmas, ba’zan suriladigan qilib biriktirishda qo‘llaniladi. [[I. Rahmonov. Chizmachilik]] Shponka uchun valda ariqcha (paz) ochiladi va unga shponka bosim ostida joylashtiriladi. G‘ildirakda shponka uchun ariqcha qirqiladi. Tishli g‘ildirak valga surib kiritiladi va chiqariladi. Shponkadan aylanma harakatni valdan shkivga uzatish uchun foydalaniladi.

Shponkalar tuzilishiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:

  • Ponasimon (kallakli, kallaksiz)
  • Prizmatik
  • Segmentsimon

Ponasimon shponkalar

tahrir

Prizmatik shponkalar

tahrir

Segmentsimon shponkalar

tahrir

Shtiftli birikmalar

tahrir

Shlitsali birikmalar

tahrir

Manbalar

tahrir