Foydalanuvchi:Nishanbayeva Aziza/Qo'rqinchli Tehron
Qo'rqinchli Tehron (تهران مخوف) - eronlik yozuvchi Kozimiy Murtazo Mushfiq romani.
Qo'rqinchli Tehron darhaqiqat [[Eron]]ning birinchi ijtimoiy romanidir. Mushfiq Kozimiy roman yozishning toʻgʻri tamoyillariga tayangan va ayollarga eʼtibor qaratgan holda, [[Qojarlar]] hukmronlik davrining oxiri va [[Pahlaviy]] hukmronligining dastlabki davrlarida Eron jamiyatining ichki buzuqliklarini tasvirlagan. U [[Konstitutsion tuzum]]dan keyingi yillardagi fasod, buzuqilik va ijtimoiy himoyasizlikni ko'rsatib, aslida [[Konstitutsiyaviy inqilob]]ning muvaffaqiyatsizligidan kelib chiqqan umumiy umidsizlikni bayon qiladi. Roman hikoyasi Farrux va Mahin sevgisi atrofida kechsa-da, yozuvchi konstitutsiyaviy og‘ish, ayollarning fohisha bo'lishi va idoralarning fasodga uchrashi sabablarini ko‘rsatadi. Uning hikoya qilish usuli [[Aleksandr Dyuma]] tomonidan yozilgan [["Graf Monte-Kristo"]] kabi zamonaviy romanlarga nazar solib, fors xalq og'zaki hikoyalariga asoslangan.
Mushfiq Kozimiy Qo'rqinchli Tehron romanini 1924-yil oktabr oyida Berlinda tugatgan (bu sana kitobning bosma nusxasi oxirida keltirilgan) va o‘sha paytda yozuvchi 26 yoshda edi. Roman birinchi bo'lib "Setoreye Iron" ("Eron yulduzi") gazetasining izohlar qismida, keyinchalik kitob holida chop etilgan. Kitobning birinchi nashri 1305-yilda amalga oshirilgan.
“Qo'rqinchli Tehron romani Farrux ismli yigitning hikoyasidir. U amakivachchasi Mahinga uylanishni orzu qiladi va bu maqsadiga erishish yo'lida ko'plab muammolar va sarguzashtlarga duch keladi . Ularning taqdiri Eron tarixidagi muhim lahzaga to'g'ri keladi, ya'ni anʼanaviy Qojar aristokratiyasi oʻz oʻrnini yangi bosqichga boʻshatgan davrda bo'lib o'tadi.
Tadqiqotchi va adabiy tanqidchi [[Hasan Mirobidiniy]]ning fikricha, bu roman tartibsiz va san'at jihatidan zaif asardir.
Manbalar
tahrir- اعظم بیژنی، «تهران مخوف نخستین رمان نقد اجتماعی»، مجله رودکی، مهر ۱۳۸۶، شماره ۱۹.
- ب. محمدوف، مقدمه نسخه سیریلیک تهران مخوف، دوشنبه تاجیکستان، انتشارات ادیب، ۱۹۹۲.
- صد سال داستاننویسی، نوشته حسن عابدینی
- ایرج افشار، نادره کاران، ذیل مرتضی مشفق کاظمی، تهران، نشرقطره، ۱۳۸۴. او تولد مشفق را به سال ۱۲۷۷ دانسته است. سالهای دیگری هم برای تولد او ذکر شدهاست که دقیق به نظر نمیرسد.
- کتاب تهران مخوف، نشر امید فردا
- باز انتشار تهران مخوف؛ نخستین رمان اجتماعی ایر ان
[[Turkum:Roman]] [[Turkum:Adabiyot]]