Foydalanuvchi:Nurbek13promax/Bronxiolit

BRONXIOLIT, kapillyar bronxit — mayda bronxlar devorining yalligʻlanishi. Virus yoki bakteriyalar qoʻzgʻatadi; bir yoshgacha bulgan bolalarda uchraydi. Gripp viruslari qoʻzgʻatadigan grippli Bronxiolit, mayda bronxlar shilliq qavatining kataral yalligʻlanishi bilan ifodalanadigan kataral Bronxiolit, bronxlar teshigigacha granulyatsion toʻqima oʻsib kirishi bilan kechadigan obliteratsiyalovchi Bronxiolit va b. farq qilinadi.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/b/bronxiolit/