Dunyo hamjamiyatida modaning o'rni

[1]

  1. olimjonova, zarnigor (2023-10 09). „ef“. moda. 5-jild, № 1. doi:10.37715/moda.v5i1. ISSN 2655-8203. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)

Grand Fashion Week mavsumi doirasida Parijdagi La Galerie Bourbon galereyasida o‘zbekistonlik taniqli dizaynerlarning modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi, ular mavsumning eng zamonaviy kolleksiyalarini taqdim etdilar. Ushbu tadbir Visa va “Kapitalbank” ATB ko‘magida amalga oshirildi.

Namoyishlarda ANOR, Moel Bosh, 7Saber, Cherrymyx, Nadi.uz brendlari va dizayner Shahzoda Muhammedova ishtirok etdi. O‘zbek moda sanoatining mastodontlari – yirik namoyandalaridan tashqari “Commence” yosh dizaynerlar tanlovining g‘olibi, yosh modelyer Sevinch Normamatova o’zining yangi kolleksiyasini taqdim etdi. Ko‘rgazmalar namoyishi orasidagi tanaffuslarda taniqli o‘zbek raqqosasi Parizoda o’zbek milliy raqslari bilan barchani xushnud qildi.

“Kolleksiyadagi obrazlar orqali bizning sharq madaniyatimizni belgilovchi o’ziga xoslik va estetik didimiz ramzi bo’lgan O’zbekistonning milliy belgilari – ramzlari qizil iplar orqali ifodalanadi. Biz jamoatchilikni adras va shoi kabi yangi etnik matolar, shuningdek, kashtachilik va zardo’zlik buyumlarini tikish texnikasi bilan tanishtiramiz”, - deya hikoya qiladi Grand Fashion Week ko’rgazmasi tashkilotchisi Dilnoza Umurzoqova.