Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/GAVHARSHOD BEGIM

GAVHARSHOD BEGIM

tahrir
  Gavharshod begim Chig'atoy zodagonlaridan G'iyosiddin Tarxonning qizi bo'lib, Amir Temurning to'rtinchi o'g'li Shohrux Mirzoning suyukli katta xotini edi. Rivoyat qilishlaricha, Gʻiyosiddin Tarxonning bobokaloni o'z davrida Chingizxon mulozimatida bo'lgan va bir jangda uni o'limdan saqlab qolgan ekan. Shu sabab Chitatoy ulusida bu avlod yuksak eʻtibor va hurmatga erishgandi.Gavharshod begim Shohrux Mirzo nikohiga kirgach, undan uch o'g'il-u, ikki qiz ko'rgan. To'ng'ich o'g'li Ulug'bek Mirzo Ko'ragon, o'rtanchasi Boysunqur Mirzo va kichik o'g'li Muhammad Juki Mirzolardir. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Gavharshod begim yuksak did va farosatli, oqila, tadbirkor, gapga chechan, bir so'zli, qatʻiyatli, husn bobida ham benazir ayol bo'lgan. Shohrux Mirzo taqvodor bo'lganligi uchun ko'p vaqtini toat-ibodat va kitob mutolaasiga sarflar edi. Saltanat va devon ishlarini o'ktam va tadbirkor xotini Gavharshod begim boshqarar edi. Bu ziyrak ayol qaynotasi Amir Temur vafotidan so'ng sekin-asta saltanat ishlarini o'z qo'liga oldi. Zero, Shohrux Mirzoning o'zi ham xotini Gavharshod begimning donoligiga tan berar, saltanatni boshqarishda oqilona va tadbirli maslahatlariga ehtiyoj sezib turardi. Shu bois saltanatga doir ko'pgina ishlar malikaning ixtiyoriga topshirilgandi.Shoxrux Mirzoning harbiy yurishlarida ishtirok etgan Gavharshod begim shahzodalar feʻl-atvori va harbiy boshliklarning xatti-harakatidan voqif edi. Taxtga valiahd tayinlash lozim bo'lib Bu masalada Gavharshod begim o'z so'zini o'tkazishga urinardi. Chunonchi, Shohrux Mirzo o'zining o'gli Muhammad Juki Mirzoni valiahd etmoqchi bo'lishadi. Ammo Shohrux Mirzoning bu rejasi malikaga yoqmaydi. Malika o'z o'g'liga nisbatan nabirasi Aloud Davlat Mirzoni valiahdlikka munosib deb bilar, biroq Boysung'ur Mirzoning bu o'glini oshkora valiahd etib tayinlashga Ulug'bek Mirzodan hayiqqanligi bois, bu masalani Shohruh Mirzo o'g'li bilan hal qilishga urinardi.1444 yili Shohrux Mirzo og'ir betob bo'lib o'lim to'shagida yotganida Balx viloyati hokimi Muhammad Jo'ki Mirzoga shoshilinch xabar yubordi. Shahzoda zudlik bilan Hirotga yetib keladi. Biroq shahzoda yetib kelguncha onasi - malika Gavharshod begimning farmoniga muvofiq, harbiy qo'shinlar sardori Jaloliddin Feruzshohning valiahdlikka tayinlangan Aloud Davla Mirzoga bayʻat berib, qasamyod qilgani haqidagi xabarin eshitadi. Muhammad Jo'ki Mirzo onasining bunday «marhamati»dan qattiq ranjiydi va otasini ziyorat qilgach, Balxga qaytib ketadi. Shundan so'ng tez kunda Shohrux Mirzo tuzalib, oyoqqa turadi. Bu voqea uchun Gavharshod begim emas, Jaloliddi Feruzshoh jazolanadi. Malikaning rejasi taqdir taqazosi bilan bir necha yilga orqaga suriladi. 1445-yili shahzoda Muhammad Jo'ki Mirzo kasal bo'lib vafot etadi. Shohrux Mirzo shu bo'yi o'zi valiahd tayinlash masalasida umrining oxiriga bir qarorga kelolmaydi.Shoxrux Mirzo davrida, Xuroson siyosiy-ijtimoiy va madaniy jihatdan ancha gurkirab o'sdi. Mamlakat poytaxti Hirot iqtisodiy va madaniy yuksalishda Sharqning eng nufuzli shaharlaridan biriga aylandi. Tabiiyki, mamlakatning bunday yuksalishida amaliy xukmdor malika Gavharshod begimning hissasi bekiyos edi. Bu paytda Hirot va mamlakatning boshqa qator viloyatlarida qurilish ishlari jadal ketayotgandi. Masjidu madrasalar, xonaqoh, ravot, ko'prik, sardoba va boshqa inshootlar qurib bitkazildi.1446-yili ancha keksayib qolgan Shohrux Mirzo o'z nabirasi - Kanzin, Ray va Qum viloyatlarining o'z Hukmdori Sulton Muhammad Mirzoga qarshi g'arbga yurish boshlaydi. Bu yurishdan maksad - o'zboshimcha yosh shaxzodaning adabini berib qo'yish edi. O'z bobosiga qarshi bosh ko'targan shahzoda Hamadon bilan Isfaxonni bosib olib, Sherozni qamal qilgandi. Qo'shinda malika Gavharshod begim va Abdulatif Mirzo Shohrux Mirzo bilan birga edilar. Shohrux Mirzo g'arbiy Eronda hech qanday qarshilikka uchramadi. Chunki shaxzoda Sulton Muhammad Mirzo bobosining kelayotganini eshitgach, Sherozni qamaldan bo'shatib, o'zi toqqa qochib ketadi. Shoxrux Mirzo Sherozga kirgach, shahzodaning barcha yaqinlarini jazoga hukm qiladi. Gavharshod begimning qatʻiy talabi bilan bir necha sayyidlar ham qatl etiladi.Sherozdan Hirotga qaytayotgan Shoxrux Mirzo yo'lda betoblanib, 1447 yil 12 martda vafot etadi. Gavharshod begim qo'shin ko'mondonligini Abdulatif Mirzoga ishonib topshiradi. Ammo Hirotga Aloud Davla Mirzoga poytaxtni mustahkamlash. haqida maxfiy maktub yozib, uni maxsus chopar orqali jo'natadi. Bundan ogoh bo'lgan Abdulatif Mirzo buvisi Gavharshod begimni mahbuslikda saqlab, Amudaryo tomon yo'l oladi hamda bobosi Shohrux Mirzoning o'limi haqida o'z otasi Ulug'bek Mirzoga xabar yuboradi.Amakisi Ulug'bek Mirzodan hayiqqan Aloud Davla Mirzo o'zini podsho deb eʻlon qilishga jurʻat etmaydi va avvalgidek juma kunlari masjidlarda bobosi Shohrux Mirzo nomini xutbaga qo'shib o'qitadi. Birok Abdulatif Mirzoning kirdikorlari, ayniqsa buvisi Gavharshod begimga nisbatan qo'llagan jazosini eshitgach, taxtni o'z tasarrufiga oladi. Xazinadan qo'shin hamda ularning boshliqlariga inʻomlar ulashib, Abdulatif Mirzoga qarshi kuch to'playdi.1447-yil 29-aprel kuni Abdulatif Mirzo Nishopur yaqinida to'satdan Aloud Davla Mirzo qo'shiniga duch kelib, maglubiyatga uchraydi va o'zi asir olinadi. Mahbuslikdan ozod qilingan Gavharshod begim mahbus Abdulatif Mirzoni o'zi bilan birga olib, Hirot tomon yo'lga tushadi. Malikani Jom shahrining yaqinidagi Saʻdobod mavzesida Aloud Davla Mirzo kutib oladi. Abdulatif Mirzoni Hirotga keltirib, Ixtiyoriddin qalʻasiga qamab qo'yishadi. Shohrux Mirzoning jasadini esa Gavharshod begim madrasasidagi Boysung'ur maqbarasiga dafn qiladilar. 1448 yili Hirotni qo'lga kiritgan Ulug'bek Mirzo otasining jasadini Samarqandga keltirib, Go'ri Amirga dafn ettiradi. Shohrux Mirzo vafotidan keyin taxt uchun boshlanib ketgan qonli mojarolar tepasida Gavharshod begim turardi. U nevarasi Aloud Davla Mirzoni taxt sohibi qilish uchun makr-hiylalar ishlatsa-da, 1450 yili taxtni Aloud Davlaning ukasi Abulqosim Bobur Mirzo ko'lga kiritadi.1457-yili Abulqosim Bobur Mirzo Mashhadga keladi. Saroyda katta ziyofat beriladi. Bazmda o'tirgan hukmdorning ahvoli o'zgarib, behol tabiblar muolajasi foyda bermaydi va u 36 yoshida to'satdan vafot etadi. Shundan so'ng taxt uchun yana o'zaro kurash boshlanadi. Shahzodalarning noittifoqchiligidan  foydalangan Samarkand hukmdori Sulton Abusayid Mirzo Xurosonni bosib oladi Sulton Abusaid Mirzo Samarkand taxtining o'zining katta og'li  Sulton Ahmad Mirzoga topshirib, Hirotni o'zining poytaxti deb eʻlon qiladi.Gavharshod begim shahzodalarning taxt talashishlaridan charchagan bulsa-da, obodonchilikka katta e'tibor qaratgan, madrasalar, ilm toliblariga yaqindan yordam berib turgan. Ayniqsa, Alisher Navoiy va Husayn Boyqarolarning kamol topishlariga alohida mehr bilan qaragan. Sulton Abusayid Mirzo Hirotni poytaxt qilganidan so'ng Gavharshod begimni ko'p narsalardan mahrum qiladi. Bu vaqtda malika 80 yoshga yaqinlashib, ancha keksayib qolgan edi. Shunday bulsa-da, malika Xuroson taxtidan hali ham umidvor edi. Binobarin, chevarasi Sulton Ibrohim Mirzoni hukmdor Sulton Abusayid Mirzoga qarshi isyon kutarishga undaydi. Ganxarshod begimning bu harakatidan xabar topgan Sulton Abusayid Mirzo malikani chopib tashlashga farmon beradi. 1457 yili Gavxarshod begim chopib o'ldiriladi va o'zi qurdirgan madrasa yonidagi Boysung'ur dahmasiga dafn etiladi.Malikaga nisbatan bunday adolatsiz hukm ko'pchilikni ranjitadi, albatta. Biroq podsho amri vojib, bunga hech kim qarshi borolmaydi. Bu haqida Abdurazzoq Samarqandiy shunday yozgandi: Zamon bonusi, jahon malikasi... Gavharshod begim baland martabali, pokiza, pok, xatti-harakati odilona, oliyhimmat va ulug maqsadli bir malika edi. Bu malikadan yorug' olamda ko'p xayrli ishlar, yodgorliklar qoldi.

FOYDALANILGAN MANBALAR

  I.AHMEDOV;DUNYO MALIKLARI.YANGI ASR AVLODI-TOSHKENT 2016
  INTERNET MA'LUMOTLARI