Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/IQON JANGI

   IQON JANGI
   IQON-jangi chor hukumati bosqinchilariga qarshi sarbozlar va ko'ngillilardan iborat vatan himoyachilari jangi ( 1864-y.noyabr). Qo'qon xonligining lashkarboshchisi Alimqul Toshkentda katta harbiy tayyorgarlik ko'rgan. Uning qo'shini ( 12 ming kishi) yo'lga otlanganligida qattiq sovuq tushib, hatto qorning balandligi ot-u, tuya ko'kragigacha keladigan darajada edi. Shunga qaramay, Alimqul qo'shini yo'lni davom ettirib Chulak mavzesiga kelgan va Iqon qishlog'i atrofida Serov boshchiligidagi harbiy qismni qurshab olgan. Og'ir ahvolga tushib qolgan Serovni himoya qilish uchun Turkiston sh.dan 170 soldat va ikki zambarak yuborilgan. Vatan himoyachilari qahromonona jang qilib dushman kuchlarini sarosimaga solib qo'ygan. Ular bir kecha kunduzdan keyin har xil narsalar namat, daraxt shoxlari, qor-u, muzdan to'siq yasab, uni oldilariga qo'yib yumalatib rus askarlari turgan joyga yaqinlashgan. Ularning orqasidan panalab kelganlar to'satdan dushmanga hujum qilib g'alaba qozonganlar. Bu g'alaba Iqon jangi nomi bilan tarixda o'chmas iz qoldirgan.
    MANBA:
    O'zbekiston milliy ensiklopediyasi