Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/XANSHU
XANSHU
tahrir«Xanshu» - qisqartirilgan shaklda 4-«Xan [sulolasi] tarixi») «Shiji»dan keyin bitilgan sulola tarixi hisoblanadi. Uni katta bir guruh saroy tarixchilari yozgan. Bu tarixni oxiriga yetkazgan saroy tarixchisi Ban Gu uning muallifi hisoblanadi. Shuning uchun «Xanshu»ni Ban Gu yozgan, deb aytish odat bo'lib qo'lgan. Shunda asarning hajmi 200 bob bo'lgan. Ban Guning vafotidan keyin mazkur tarixga yana 20 bob. jumladan falakiyotga oid boblar qo'shilgan. Mazmunan «Xanshu»> g'arbiy Xan sulolasi (mil. avv. 206 - mil. 8) va undan keyingi 212 yillik tarixiy voqealarga bag'ishlangan. Ammo uning tuzilishi Sima Chyan asaridan biroz farq qiladi. «Shiji»da Markaziy Osiyo tarixiga tegishli maʻlumotlar <<Buyuk Fargona tazkirasi» (<<Day- yuan lechjuan» ) va «Xun tazkirasi» («Shyungnu lechjuan») deb nomlangan maxsus boblarda berilgan bo'lsa, «Xanshu»da «Gʻarbiy mamlakatlar tazkirasi» va «<Chjang Chyan tazkirasi» kabi yangi boblarda zikr etilgan. «Keyingi Xan sulolasining tarixi» yozilgandan so'ng mazkur tarix ⟪Avvalgi Xan sulolasi tarixi» («Chyan Xanshu» / HUX +3) deb ataldi. Biz asos qilib olingan «Xanshu» 1958 yilda Pekin va Shanxay shaharlari faksimile asosida nashr etilgan "Ershi sishi"(24 tarix) ning 2-jildni tashkil etadi.
XAU XANSHU
«Xou Xanshu» ( «Keyingi Xan sulolasi tarixi») Gʻarbiy Jin (Shi-Jin) sulolasi davrida (mil. 265-316) saroy tarixchilari ota-bola Xua Chto va Xua Chelar tomonidan bitilgan. Uning hajmi 97 bobdan iborat. Markaziy Osiyo etnik tarixiga oid maʻlumotlar ushbu tarixning «Shiyuy» («Gʻarbiy mamlakatlar») deb nomlangan 88-bobida keltiriladi. (24 tarix)ning 3- jildi xisoblanadi.
FOYDALANILGAN MANBA: A.XO'JAYEV;MARKAZIY OSIYO XALQLARIGA OID MA'LUMOTLAR.TOSHKENT 2015
9