Rinolaliya (grekcha “rhinos” burun, “lalia” nutq) burunli nutq tushunchasini anglatadi. Rinolaliya bu-nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzidagi buzilishdir.Rinolaliyada tovushlar artikulatsiyasi, fonatsiya, tovush hosil bo‘lish mexanizmlari jiddiy ravishda normadan chetga chiqadi. Normal fonatsiya bo‘Iganda kishida burun tovushlaridan tashqari nutqdagi boshqa tovushlarni talaffuz qilish vaqtida burun-halqum va burun bo'shlig'ining bo‘g‘iz va og‘iz bo'shlig'idan ajralish ro‘y beradi.


Tanglay yoriqligi


O'rganish tarixi

tahrir

Rinolaliya bo'yicha dastlabki ilmiy ishlar shifokorlar tomonidan yozilgan. Ularning tanglaydagi o'zgarishni to‘liq tiklashga etibor bergnlar va qayta hosil qilingan tanglay pardasi yetarli darajada uzun va harakatchan bo'lishi nutqdagi manqalikni yo‘qotishga imkoniyat yaratadi yoki uni bartaraf qiladi deb qarashgan. N.I. Pirogov (1844), N.V. Voronsovskiy (1875), P. Subbotin (1895), M.I. Paykin (1996) o‘zlarining ishlarida operativ tadbirlar ta'sirida tanglay o'lchami o'zgarishi manqalanishga sabab bo'ladigan omillarni o'rganishgan. N.I. Pirogovning shogirdi N.V. Voronsovskiy 1870-yilda normal nutqni tiklash yo'lid uranoplastika qilish orqali ham manqalanish saqlanib qolsa, buning sababini uraplastikadan keyin yumshoq tanglay harakatchanligini to'liq ta'minlamaslikdan deb biladi.[1] Fransuz yo‘nalishi ayrim metodistiar bilan birga rus olimlari (F. A. Rau, Ye.F. Rau, Z.G. Nelyubova, T.N. Voronsova, A. G. lppalitova va boshqalar) tomonidan rivojlantirildi. Bu ishlarda rinolaliyada logopedik yordamni operatsiyagacha va operatsiyadan keyin o‘tkazish zarurligi ta’kidlangan. Lekin ko‘pincha operatsiyadan keyingi ishga juda katta urg‘u berilib, juda ehtiyotkorlik bilan operatsiyagacha bo'lgan davrda mashg‘ulotlarni o'tkazish zaruruligi ta ’kidlanadi. 1 9 3 1 -y ild a F.A.Ra u n in g "Tug‘ma tanglay yoriqliklarda operatsiyagacha logoterapevtik mashqlar” maqolasi e’Ion qilindi. Bu maqolada operatsiyagacha bo'lgan davrda talaffuzni tarbiyalash bo‘yicha mashg‘ulot qabul qilingan metodikaga qarab o‘tkazish talab qilinadi. F.A. Rau operatsiyagacha bolgan davrda artikulatsi a'zolarini to'g'ri chiniqtirilmasa, noto'ri chiniqtirilgan harakatlar esa operatsiyadan keyin logopedik ishni qiyinlashtiradidegan fikri bayon qilgan.1933-yilda Ye.F. R au "Manqalanishning turli xil ko‘rinishlarida nutqni to ‘g‘rilash bo‘yicha amaliy boshqaruv” kitobi chiqdi. Bu ilmiy ishda 11 mashg‘ulotdan iborat ish metodikasi bayon qilindi. Ishda burun qanotlarini berkitib, qisib t o ‘g ‘ri talaffuzni tarbiyalash prinsipining qo'llanishi bilan o‘tkaziladigan logopedik mashg'ulotlarning qisqacha izchilligini yoritib berishga harakat qilinadi. 1938-yiIda Z. G. Nelyubovaning "Talaffuz buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar" kitobi chiqarildi. Kitobda bemor bilan o ‘tkaziladigan ishning 8 bo‘limi, tug‘m a tanglay yorugliklarida nutqni tarbiyalash usullari bayon qilingan edi. 1933-yilda Ye.F. R au "Manqalanishning turli xil ko‘rinishlarida nutqni to ‘g‘rilash b o ‘yicha amaliy boshqaruv” kitobi chiqdi. Bu ilmiy ishda 11 mashg‘ulotdan iborat ish metodikasi bayon qilindi. Ishda burun qanotlarini berkitib, qisib to‘g‘ri talaffuzni tarbiyalash prinsipining qo'llanishi bilan o‘tkaziladigan logopedik mashg'ulotlarning qisqacha izchilligini yoritib berishga harakat qilinadi.

Nuqsonning kelib chiqish sabablari

tahrir

Tug’ma rinolaliyaning sabablari; onaning homiladorlik davrining dastlabki uch oyligida ya’ni homilaning aynan yuz qismi shakllanayotgan davrida turli infeksion kasalliklar yoki kuchli shamollashi, moddalar almashinuvining yaxshi kechmasligi, turli infeksion kasalliklar yoki kuchli shamollashi, moddalar almashinuvining yaxshi kechmasligi, turli moddalar yetishmasligi, rezus omilning to’g’ri kelmasligi, homiladorlik payitida turli virusli kasalliklar gepatit, qizilcha, qizamiq, suvchechak, ko’k yo’tal, tepki va boshqalarbunga sabab bo’ladi[2]

Orttirilgan ochiq rinolaliya esa bola tug’ilgandan so’ng dastlabki yoshlarida ya’ni erta bolalik davrida kuchli shamollashlar, yuqumli kasalliklardan qizamiq, qizilcha, tepki, suvchechak, yoki bo’lmasam difteriya, adenoitlar, papiloma, papilamatozlarning rivojlanishi,turli baxtsiz hodisalardan yuzaga kelgan har xil jarohatlar misol bo'ladi.</ref>[3]



Belgilari

tahrir

Bunday turdagi nuqsonga ega bo’lgan shaxslarda nutqni tushunmaslik holati uchraydi. Og’iz bo’shlig’ida tilnin nuqsonli holati natijasida undosh tovushlar til uchi holatining o’zgarishi va yuz muskullarining ortiqcha faollashuvi kuzatiladi. Til uchi holatini o’zgarishlar davomiy bo'lib, ma’lum bir tovushlarning artikulatsiyasi bilan bog'liq boladi bo’ladi. Bemorlar uchun bir qancha undosh tovushlarni talaffuz qilishda qiyinchiliklar bo'ladi ya’ni l, t, ch, j tovushlarida. Bu kabi tovushlarni talaffuz qilishda yuqori tish alveolar oldida to’siqni paydo qilgan holatda talaffuz qilishda talab qilinadi. Rinolalik shaxslar esa bu holatni bajara olishmaydi. Rinolalik nutqning tinglovchi uchun umumiy holat-burun ottenkasi hirillashgan bo’ladi. Ba’zida rinolaliklarning nutqidagi artikulemalar normaga juda yaqin bo’ladi lekin bu holat tinglovchi tomonidan nuqsonli deb idrok etilib shu sababli Rinolaliyada nutqiy talaffuz ya’ni tovushlar talaffuzi turg’un buzilgan bo'ladi. Bu turdagi nuqsonga ega shaxslarda psixik buzilishlar ham kuzatiladi, ya’ni uyalish, ta’sirlanish, odamlarga qo’shilmaslik, shaxslararo munosabatlarning uzilishi kabi kamchiliklar kuzatiladi[4].


Rinolaliya turlari

tahrir

Rinolaliyani quyidagi turlari mavjud

  • Ochiq rinolaliya
  • Yopiq rinolaliya
  • Aralash rinolaliya

Ochiq rinolaliya-og’iz bo’shlig’ida hosil bo’luvchi tovushlar dimog’da talaffuz qilinadi.Ochiq rinolaliyaniing ikki turi bo’lib: organik va funksional. Organik ochiq rinolaliyaning o’zi ham ikkita formaga ajratiladi, tug’ma va orttirilgan. Funksional ochiq rinolaliya- bolalarda ovozning hosil bo’lishida yumshoq tanglayning harakatining sustligi, asab kasalliklari, adenoitlar olib tashlangandan so’ngi holatlar, difteriya va boshqa holatlar natijasida yuzaga keladi.Eshitish funksiyasining buzilishi, qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalarda o’z nutqini nazorat qilaolmaslik duduqlanuvchilarda og’iz bo’shlig’idagi o’zgarishlar tufayli yumshoq tanglayni ko'tara olmasligi ham funksional rinolaliyaga sabab bo'ladi Yopiq rinolaliya.

Yopiq rinolaliya nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida fiziologik burun rezonasining pasayishi natijasida yuzaga keladi. Ularning belgilari doim og'zi ochiqlik.Yopiq rinolaliya ham 2 turga: tug’ma va orttirilgan. Yopiq rinolaliyaning ikkita shakli organik va funksionalga ajratiladi. Organik xiliga: tomoq, burun-halqum bo’shlig’I, burun bo’shlig’idagi turli xil o’simtalar sabab bo’ladi. Funksional yopiq rinolaliya esa bolalarda ko’p uchrab turadi.Bunda burun bo’shlig’ining yaxshi o’tkazuvchanligida va burundan nafas olish buzilmagan holda kuzatiladi. Bunda burun tembri va unli tovushlar talaffuzi qo’pol buzilgan bo’ladi.Yopiq rinolaliyani M. Zeeman ham o’z navbatida ikkita formasini farqlaydi bular; oldingi yopiq va orqa yopiq rinolaliya.Oldingi yopiq rinolaliya: burun devorining qiyshiqligi, burun bo’shlig’idagi o’smalar papilomalar, papilamatozlar natijasida yuzaga keladi.Orqa yopiq rinolaliy burun-halqum yo’lida poliplarning, fibroma, adenoitlarning ko’payib ketishi natijasida yuzaga keladi. Aralash rinolaliyada burun rezonasining patalogik kamayganlik holtida havoning burundan chiqib ketish kuzatiladi. Rinolaliyaning bu shakli juda og’ir bo’lib bunda rinolaliyaning ham ochiq ham yopiq holati birgalikda kelgan holda kuzatiladi. Ya’ni bunda burun yo’li to’silib qolgan, ham tanglay-halqum pardasida ham yetishmovchiliklar yuzaga keladi. Aralash rinolaliya ham organik va funksional xillari bor. Organik turiga yumshoq tanglayning kaltaligi yoki falajligi sabab bo'ladi.Funksional turida tanglay-halqum yorig’ining funksiyasi o’zgarishi natijasida burun yo’lining to’silib qolishi kuzatiladi.

Davolash

tahrir

Rinolaliyani davolashda bolaning individual xususiyatidan kelib chiqqan holda qaysi bir kamchilik ovoz tembirini ko’proq buzib manqalikka ko’proq sabab bo’layotganini aniqlash kerak. Bu turdagi nuqsonli bolalarni nutqiy, jismoniy ham ruhiy tarafdan birgalikda rivojlantirib borish qiyin kechadi. Rinolaliklarda dastlab logopedik ishni unli tovushlarni nutqqa qo’yishdan boshlanadi. So’ngra yumshoq tanglay harakatchanligini rivojlantirish bilan birgalikda boshqatovushlar qo’shib boriladi. Mo’rash imitatsiyasidan ham keng foydalaniladi. Bunday turdagi bolalar bilan individual ishlashninig ahamiyati katta

Havolalar

tahrir
  1. https://newjournal.org/index.php/01/article/view/10692/10361
  2. https://en.wikipedia.org/wiki/Velopharyngeal_inadequacy
  3. https://kitobxon.com/oz/kitob/logopediya

Manbalar

tahrir
  1. Ayupova, Mukaram. {{{title}}}. Toshkent: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007-yil — 106-117-bet. ISBN 9 7 8 - 9 9 4 3 - 3 1 9 - 4 1 - 7. Qaraldi: 2-iyun 2024-yil. 
  2. Kummer, A. W. Resonance disorders and nasal emission: Evaluation and treatment using "low tech" and "no tech" procedures. (Wayback Machine saytida 2009-01-18 sanasida arxivlangan) The ASHA Leader (2006 Feb 7) 11(2), pp. 4, 26.
  3. Biavati, Michael J.; Sie, Kathleen; Wiet, Gregory J. (2 September 2011). "Velopharyngeal Insufficiency". Medscape Reference (WebMD LLC). http://emedicine.medscape.com/article/873018-overview#a0101. 
  4. „Spraak en taal“ [Speech and Language] (nl). Nederlandse Vereniging voor Schisis en Craniofaciale Afwijkingen.