Present simple tense (hozirgi oddiy zamon)

tahrir

Present Simple zamoni- doimiy yoki qaytarilib turadigan ish harakiatga nisbatan ishlatamiz.

  1. Masalan: I go to school everyday. Men har kuni maktabga boraman.

Positive form

tahrir

Darak shakl Struktura: Subject+Verb1... Izox: Subject ya`ni gapning egasi. Jonli va jonsiz egalar, egalik olmoshlari gapda ega vazifasini bajaradi. Verb1 ya`ni fe`lning 1-shakli hech qanday qo`shimchalarsiz keladi.

Egalik olmoshlari

tahrir
        Birlik 

I (shaxs) - I (men)

tahrir

II (shaxs) - You (sen)

tahrir

III (shaxs) - She (u, qiz bolaga nisbatan)

tahrir

He ( u, o'gil bolaga nisbatan)

tahrir

It ( jonli va jonsiz birlik egalar)

tahrir

Koplik

I(shaxs) - We (biz)

tahrir

II(shaxs) - You (siz)

tahrir

III(shaxs) - They (ular)

tahrir

Mazkur zamonda 3-shaxs birliklar he/she/it olmoshlarining fe`llariga s/es qoshimchasi qoshiladi. Masalan: Anna lives in Canada. Anna Kanadada yashaydi. Bu qoshimcha 'di' tarjimasini beradi lekin otgan zamondagi 'di' qoshimchasi emas albatta.

Ishlatilishi

tahrir
  1. 1.Doimiy sodir bo'ladigan va o'zgasrmas ish-harakatlarga nisbatan ishlatiladi.
  • Masalan: I live in Namangan. Men Namanganda yashayman.

Izoh haftaning 2 kunida Andijonda, 2 kunida Toshkentda va qolgan 3 kunida Namanganda yashamaysizku albatta. Doim Namanganda yashaysiz (boshqa bir viloyat yoki shaharga ko’chib ketmaguningizcha).

  1. 2. Tabiat aksiomalari, hayot haqiqatlari doim hozirgi oddiy zamonda beriladi.
  • The earth goes around the sun.

Yer quyosh atrofida aylanadi. Izoh: tasavvur qilib ko’ring, quyosh 15 kun chiqdida, charchab ketib Mars yoki Yupiterga ozgina o’rnimga chiqib tur, man ham ozgina dam olay dedi. Yo’q yo’q, buni iloji yo’q!

  • Water boils at 100 degree calcium.

Suv 100 daraja selsiyda qaynaydi. Yoshlingingizda eshitgan bo’lsangiz kerak: 1 ta tuxum 5 minutda qaynasa, 20 ta tuxum qancha vaqtda qaynaydi degan kulgili savol berilardi. 20 ta emas, 10 kletka tuxum bo’lsa ham 5 minutda qaynaydi. Chunki bu hayot haqiqati. Demak suv qishda ham, yozda ham bir xil: 100 gradusda qaynaydi!

  1. 3. Jadvalli davlat transportlarining kelib-ketish vaqtlari doim hozirgi zamonda beriladi.
  • The train arrives at 5 o’clock.

Poyezd soat 5 da yetib keladi. Jadvalli degani: kelib-ketish vaqti, joyi aniq bo’lgan transportlar: samolyot, poyezd, tezyurar poyezd kabilar (Lola – Chorsu qatnaydigan damaslar emas albatta).

  1. 4. Dori, salat, taom tayyorlash retseptlari yoki qo’llanmalari doim hozirgi zamonda beriladi.
  • Firstly, fry the meat 10 minut and take it away.

Birinchi bo’lib go’shtni 10 daqiqa qovuring va chetga olib qo’ying.

  1. 5. Tez-tez sodir bo’ladigan ish-harakatlar uchun ishlatiladi.
  • I often go to the restaurant with my friends.

Men do’stlarim bilan tez-tez restoranga borib turaman.

  1. 6. Odat tusiga kirib qolgan ish-harakatlarga nisbatan ishlatiladi.
  • My grandfather usually gets up 5 o’clock in the morning.

Bobom odatda ertalab soat 5 da turadi.

  1. 7. Ba’zi-ba’zida soir bo’ladigan ish-harakatlarga nisbatan ishlatiladi.
  • Sometimes I go to bed early.

Ba’zida men uyquga erta yotaman.

Typical question form

tahrir

Odatiy so’roq shakl. Izoh: zamonlarda so’roq shakl yasashning 2 xil usuli bor. 1-usuli – bu eng keng qo’llaniladigan odatiy so’roq shakl. Hozirgi oddiy zamonning odatiy so’roq shakli DO/DOES yordamchi fe’llarini egadan oldinga o’tkazish orqali yasaladi. Structure: Do/does+S+V1 Do+I/we/you/they+Verb1 Do you live in Namangan? Siz Namanganda yashaysizmi? Do they know Uzbek? Ular o’zbekchani bilishadimi? Yuqoridagi gaplarda do yordamchi fe’li mi so’roq yuklamasini yasashga xizmat qiladi. Does+he/she/it+Verb1 Mana bu shaklga ehtiyot bo’ling! Statistikaga ko’ra 60 foiz abituriyent mana shu shaklda qovun tushirib qo’yadi. Mazkur shaklda kichik bir operatsiya yuz beradi ya’ni: Does Aziz know English? Aziz ingliz tilini biladimi? Izoh: yuqoridagi misolning darak shaklida: Aziz – 3-shaxs birlik (“he” olmoshi ga teng) bo’lgani uchun “S” qo’shimchasini olar edi, lekin so’roq shaklga kelganda “S” qo’shimchasi “do” yordamchi fe’lining yoniga o’tib olib “Does” bo’lib oladi. Darak: Lily speaks French Lili fransuzcha gapiradi. So’roq: Does Lily speak French? Lili fransuzcha gapiradimi? Izoh: darak gapda, speak fe’lidagi “s” qoshimchasi so’roq gapda “do” yordamchi fe’lining tarkibiga o’tib ketdi. Dezdemonaning xiyonati aynan mana shu vaziyatda sodir bo’ldi. Daxshat a?

Special question form

tahrir
Maxsus so’roq shakl!!!

Izoh: zamonlardagi so’roq gap yasashning 2-usuli hisoblanadi. bunda so’roq olmoshlaridan biri gap boshiga qo’yiladi? What degani nima degani? To’g’ri topdingiz, nima degani? Mana shu “what” ham bitta so’roq olmoshi hisoblanadi.

Structure: So’roq olmoshi + do/does + S + verb = ? Where do you live? Qayerda yashaysiz? Izoh: yuqoridagi misolda “where” so’roq olmoshini olib tashlasangiz ham so’roq gapligicha qoladi faqat maxsus so’roq emas balki odatiy so’roq gapga aylanib qoladi. What time do you come to course? Qaysi payt kursga kelasiz? Izoh: bu misolda esa “what time” birikmasi so’roq olmoshi vazifasini bajaryapti.

Negative form

tahrir

Inkor shakl degani – bo’lishsiz gap degani. Bo’lishsiz gap esa – inkor gap degani! Nima farqi bor? 2x2 ham – 4 yoki 2 ga 2 ni qo’shilsa ham – 4 bo’ladi. Inkor shakl “NOT” qo’shimchasi yordamida yasaladi. Do + not = don’t does + not = doesn’t Structure: S + don’t/doesn’t + Ver I/we/you/they + don’t + verb I don’t work. Men ishlamayman. We don’t clean the room. Xonani biz tozalamaymiz. He/she/it + doesn’t + verb He doesn’t drive a car. U mashina haydamaydi. Nozima doesn’t use a mobile phone. Nozima telefon ishlatmaydi.

Signal so’zlar

tahrir
  • Always – har doim
  • Often – tez-tez
  • Sometimes – ba’zida
  • Seldom – kamdan kam
  • Now – hozir
  • Never – umuman
  • Timely – vaqtida
  • Usually – odatda
  • Rarely – ba’zi ba’zida
  • Habitually – odatda
  • Generally – umuman olganda
  • Once – bir marta
  • Twice – ikki marta
  • Thrice – uch marta
  • Every day – har kuni
  • Every week – har hafta
  • Every month – har oy
  • Every year – har yili
  • Every Monday – har dushanba