Ozoda Sobirjonova (2002-yilining 7-dekabrida tugʻilgan) — oʻzbeklik taekvondochi, 57 kg va 62 kg gacha vazn toifasida, taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoa azosi. 2018-yilgi taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati kumush medali sohibi.

Ozoda Sobirjonova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 7-dekabr 2002-yil (2002-12-07) (21 yosh)
Toshkent, O'zbekiston
Sport
Qaysi sport Taekvondo

Faoliyati tahrir

Boshlangʻich faoliyati tahrir

Ozoda Sobirjonova 2018-yili BAAda oʻtkazilgan xalqaro „Fujairah Open“ musobaqasida −52 kg vazn toifasida ukrainalik raqibi, Viktoriya Sobkoni (10-8) magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yilda Gollandiyaning Eyndxoven shahrida boʻlib oʻtgan „45th Dutch Open Taekwondo Championships“ taekvondo boʻyicha nufuzli xalqaro turnirda Oʻzbekistonlik taekvondochilar 8ta medalni kiritgan. Ularning safida Ozoda (-52 kg) chempionatda oʻsmirlar oʻrtasida 2-oʻrin bilan cheklangan[1].

Tunisning Hammamet shahri, 2018-yili tashkil etilgan taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Ozoda (-52 kg) finalga chiqdi, ammo magʻlub boʻlib, kumush medaliga sazovor boʻldi[2].

„Fujairah Open-2019“ xalqaro musobaqada Ozoda yoshlar oʻrtasida −55 kg vazn bilan barcha janglarda gʻalaba qozonib, birinchilikni qoʻlga kiritdi. Iordaniya poytaxti, Ammon shahrida oʻtkazilgan taekvondo-2019 oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Ozoda Sobirjonova (-55 kg) bronza medali bilan taqdirlandi va ushbu chempionatda Oʻzbekiston uchinchi oʻrini egallashiga hissa qoʻshdi.

Moskvadagi „Russian Open-2019“ xalqaro turnirda Ozoda (-57 kg) faqatgina finalda rossiyalik raqibi, Elena Evlampyevga imkoniyatni boy berib, 2-oʻrinni egalladi[3].

Keyingi faoliyati tahrir

2021-yil Livanda boʻlib otgan taekvondo boʻyicha Osiya chempionati va anʼanaviy „Beirut Open“ xalqaro musobaqada Oʻzbekiston vaʼkillari qitʼa chempionatida oʻzlarining eng yaxshi natijalariga erishishgan boʻlishsa, „Beirut Open“da esa umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalashdi. Unda Ozoda Sobirjonova −57 kg vazn toifasida ochiq turnirda shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilib, jamoa gʻaznasini oltin medal bilan boyitdi[4].

U 2022-yil mart oyida Kish orolida oʻtkazilgan „Fajr Open“ xalqaro musobaqada ishtirok etgan va finalda −62 kg vazn toifasida raqibi, Kosar Asasexga imkoniyatni boy berib, 2-oʻrin sohibasiga aylandi. Shuningdek, Erondagi boʻlgan boshqa musobaqa, Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ozoda 2022-yil Meksikaning Gvadalaxara shahridagi taekvondo boʻyicha jahon chempionatida ishtrok etib, 1/16 final bosqichida Matea Jelicga 2:0 hisobida yutqazib qoʻygan. Bokudagi 2023-yilgi taekvondo boʻyicha jahon chempionatida esa yarim oʻrta vaznli ayollar oʻrtasida (-67 kg) braziliyalik raqibi bilan kechgan bahsda muvaffaqiyatsizlikga uchragan. Ungacha, BAAda „Fujairah Open-2023“ musobaqada −62 kilogramm vazn toifasida Ozoda Sobirjonova barcha raqiblarini magʻlub etib, finalga chiqdi. Biroq hal qiluvchi jangda u eronlik Kosar Asasexga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.

2024-yildagi taekvondo WT boʻyicha „Fujairah Open“ musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi jami 10ta medalni qoʻlga kiritdi va bu, raqib davlatlar orasida eng yaxshi koʻrsatkich boʻlib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Sportchilar orasida Ozoda Sobirjonovaga teng keladigani topilmadi. U Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilib, finalda oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Umumiy yutuqlari tahrir

Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzosi — Ozoda Sobirjonova jami qitʼa musobaqalarda 1ta oltin va kumush, xalqaro turnirlarda 5ta oltin, 3ta kumush va 1ta bronza, jahon chempionatlarida esa kumush medali sohibi hisoblanadi[5].

Manbalar tahrir

  1. „sports.uz“ (2018-yil 10-mart). Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
  2. „sport.uz“ (2018-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
  3. „kun.uz“ (09.29.2019). Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
  4. „olympic.uz“ (2021-yil 21-iyun). Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
  5. „taekwondodata“ (2024). Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.