Foydalanuvchi:Qobil.2001/Kyusyu
KYUSYU, K i u — S i u (yaponcha — toʻqqiz viloyat) — Yaponiyaning jan. qismidagi orol. Tinch okean, Ichki Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni yondosh mayda orollar b-n birga 42,1 ming km2. Qirgʻoq chi-zigʻi notekis, qoʻltiq koʻp. Relyefi, asosan togʻli, shim. va gʻarbi sertepa va allyuvial pasttekislik. Kyusyuning eng baland joyi — Kudzyu vulkani (1788 m). Soʻnmagan vulkanlar bor, issiq bulok koʻp. Teztez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi togʻlarda 0°, tekisliklarda 10°, iyulniki 15—28°. Yillik yogʻin 1600—3000 mm. Kyusyuning iqlimiga uning qirgʻoqlari yaqinidan oʻtadigan Kurosio va Susima iliq oqimlarining taʼsiri katta. Tez-tez tayfun boʻlib turadi. Yirik daryolari: Tikuga, Oyodo va Gokase; gidroenergiya resurslariga boy. Tuprogʻi qizil va sariq tuproq. 850 m balandlikkacha subtropik doim yashil oʻrmonlar, undan yuqorisi igva bargli oʻrmonlar, togʻ tepalari — butazor, oʻtloq va yalangliklar bilan band. K. — Yaponiyada oʻsimlik dunyosiga eng boy orol. Kyusyuning shim. Yaponiyaning asosiy koʻmir-metallurgiya bazasi; markazi va jan. esa muhim q. x. rayonidir. Orolda aholi zich yashaydi. Yirik shaxarlari: Kumamoto, Vagasaki, Kitakyusyu.