Foydalanuvchi:Qobil.2001/ZAMBIYA
ZAMBIYA
tahrirZAMBIYA (Zambia) Zambiya Respublikasi (Republic of Zambia) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydon. 752,6 ming km2. Ahiolisi 10,3 mln. kishi (2001). Poytaxti — Lusaka sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. 3. — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1996-y. da qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. U umumiy va toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Prezident Vazirlar Mahkamasi raisi hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va bir palatali parlament — Milliy assambleya, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. 3. Sharqiy Afrika yassitogʻligida, Jan. yarim sharning subekvatorial mintaqasida joylashgan. Hududida togʻ va tepaliklar uchraydi, aksar qismining bal. — 1000—1350 m. Eng baland joyi — Muchinga togidagi Mumpu choʻqqisi (1893 m). Keng yassi botikdarining kupi Sharqiy Afrika siniklari zonasiga kiradi. Zambiyada mis, rux, qoʻrgʻoshin, vanadiy, temir, uran rudalari, marganes, grafit, oltin, qalay, toshkoʻmir konlari bor. Iklimi subekvatorial. Zambiyada yil davomida aniq uch mavsum kuzatiladi: issiq va quruq (avg. —okt.), iliq va sernam (noyab. — apr.), quruq va salqin (may— iyul). Eng issiq oy (okt.)ning oʻrtacha trasi 23—27°, eng salqin oy (iyul)niki 15—20°. Yillik oʻrtacha yogʻin jan. da 700 mm dan shim. da 1400 mm gacha. Yirik daryolari: Zambezi va uning irmoklari — Kafue va Luangva. Daryolari serostona boʻlganidan kemalar daryolarning baʼzi joylaridagina qatnaydi. Zambezi daryosida Viktoriya sharsharasi bor. Eng yirik koʻli — Bangveulu; Tanganika koʻlining jan., Mveru koʻlining sharqiy qismi ham 3. hududida. Yogʻin koʻproq yogʻadigan joylardagi qizil laterit tuprokli yerlar mavsumiy sernam tropik oʻrmon va baland oʻsadigan oʻtli savannalardan iborat. Quruq iklimli joylarida jigarrang qizil va qizilqoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Mamlakat hududining 1/2 qismini siyrak daraxtli quruq tropik oʻrmonlar egallagan. Savannalarda fil, buyvol, karkidon (2 turi), zebra, kiyik, arslon, qoplon, chiyaboʻri va b. bor. Qush va sudraluvchilar (jumladan nil timsohi, kobra va b.) koʻp. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Setse pashshasi chorvachilikka katta ziyon yetkazadi. 20 ga yaqin milliy bogʻi (Kafue, SiomaNgvezi, Shim. va Jan. Luangva va b.) bor.