Foydalanuvchi:Quramboy Sobirov/qumloq

Sarapayon– Xonqa tumanidagi qishloqlardan biri. Tarixchilar qishloq nomini forsiy-turkiy so'z sarapoyondan olingan deb hisoblaydilar ya'ni "sar"- bosh, "ob"- suv, "yon"- makon so'zlarining birlashmasi.Boshqa olimlar "sara"- yaxshi, "payon"- chegara hudud ma'nosini anglatadi deydilar. Boshqa talqinlarga ko'ra, "sar"- yaxshi, "payon"- gulzor so'zlarining qo'shilishidan tashkil topgan deydilar[1]. Qishloqdan 3 ta kanal oqib o'tadi. Bular; Shovot, Qulobod, Xonqa Arna lardir. Qishloqning umumiy yer maydoni 4269 km2. Qishloqning umumiy aholisi 21070 kishini tashkil etadi(2012-yil ma'lumoti). Qishloqda o'zbeklardan tashqari qoraqalpoqlar, tatarlar, ukrainlar ham yashaydi. Sarapayon qishlog'i 4 ta mahalladan iborat; Istiqlol, Paxtagul, Guliston va Qoramozi.

Hududiy bo'linmalari. tahrir

1. Istiqlol mahallasi o'ziga 7 ta elatni birlashtirgan: Sarrosh-1, Sarrosh-2, Yuqori Jingon-1, Yuqori Jingon-2, Quyi Jingon-1, Quyi Jingon-2 va Qurpos. Hozirda mahalla Xonqa tumaning kichik shaharchasiga aylantirilgan.

2. Paxtagul mahallasi o'ziga 5 ta elatni o'z ichiga olgan: guyinchi, O'ram, Tosh, Kemir, Eksperiment elatlaridir. Jami aholisi 4700 kishidan ortiq.

3.Guliston mahallasida quydagi elatlar bor; Eshonlar, Mehnat, Qorakummat, Qulobod, Ko'klar-1, Ko'klar-2, Eksperiment, Sichqon va Xo'jalar. Mahalla qishloqning eng katta hududini egallagan.

4. Qoramozi mahallasida 3 ta elat; Yangiyop, Intizom, Oyoqyop. Mahallada 5100 dan ortiq kishi istiqomat qiladi.

Xo'jaligi. tahrir

Qishloq aholi asosan dehqinchilik, paxta, poliz ekinlari, bog'dorchilik, chorvachilik va don mahsulotlari yetishtirish bilan shug'ullanadilar. Qishloqdan temir yo'l liniyasi va Urganch-Buxoro-Toshkent avtomagistrali kesib o'tgan[2].

  1. O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI. Toshkent. 2002. 18-bet.
  2. Xonqa tarixi. Komiljon Nurjonov, Mamlakat Jumaniyozova. Urganch. 2015. 20-bet