Foydalanuvchi:Rakhmatulloh/qumloq
Muhammad sodiq Muhammad Yusuf | |
---|---|
Tavalludi |
1953.04.15 O'zbekiston respublikasi Andijon viloyati |
Vafoti |
2015.03.10 Toshkent shahri |
Fuqaroligi | O'zbek |
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali (1952—2015) — Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining muftiysi (1989—1993). Islom ulamolari millatlararo ittifoqining aʼzosi.
Hayoti
tahrirMuhammad Sodiq Andijonlik olim Muhammad Alining oʻgʻli Muhammad Yusufning (2004-yilda vafot etgan) oʻgʻli edi[2].
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1952-yil 15-aprelda O‘zbekistonda diniy olim oilasida tug‘ilgan. Otasi ustoz Muhammad Yusuf o‘g‘liga boshlang‘ich diniy taʼlim bergan, maktabda muvaffaqiyat qozonishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan, kitobxonlikka mehr uyg‘otgan.
Muhammad Sodiq o‘rta maktabni tamomlagach, 1970-yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil oladi va uni eksternet bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomlaydi. 1973-yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga o‘qishga kirdi. 1975-yilda institutni tamomlab, „Sovet Sharq musulmonlari“ jurnalida ishlagan. 1976-yilda Tripolidagi (Liviya) Daʼwa Islamia universitetiga oʻqishga kirdi va uni 1980-yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi. Vataniga qaytib, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining tashqi aloqalar bo‘limida ishlagan, Imom Buxoriy nomidagi Oliy islom institutida dars bergan. Bu davrda Muhammad Sodiq institut uchun yangi o‘quv dasturini ishlab chiqdi, yangi islomiy fanlarni o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi, talabalarni zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlashni tashkil qildi. 1986-yilda institut rektori boʻldi.
1989-yil 6-fevralda Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf muftiy — O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi rahbari, O‘zbekiston mustaqillikka erishish arafasida esa shayx SSSR Oliy Kengashiga deputat etib saylandi va mustaqil O‘zbekistonning birinchi muftiysi bo‘ldi[3][4].
Mustaqillik bilan xalqqa diniy erkinlik berildi, muftiy Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘zbekistondagi eng mashhur shaxsga aylandi. Xuddi shu yili u SSSR xalq deputati etib saylandi[5].
Havolalar
tahrirShayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hayoti haqida film