Issiqlik o‘tkazuvchanlik hodisasi


Mexanik  ish  bajarmasdan jismlar  bilan  atrofdagi  muhit  orasida  ichki  energiyasining  almashinishiga

issiqlik almashishi  deyiladi.  Issiqlik  almashishi jismlar  bir-biriga tegib turganda  va bir-biridan ma'lum  

uzoqlikda  bo'lganda  ham  boiib,  bunda  jismning  ichki  energiyasi  o'zgaradi. Issiqlik almashinishi jismlar yoki jism  qismlari orasida temperatura farqi boigandagina amalga oshadi. Bu  farq  katta  boiganda  issiqlik  almashish  jadal  kechadi.  Jismlar  yoki  jism  qismlari  orasida temperaturalar  tenglashganda  issiqlik  almashinishi  to’xtaydi  va  bu  holatga  termodinamik  muvozonat deyiladi.Tabiatda  issiqlik  almashish  hodisasi  issiqlik  o'tkazuvchanlik,  konveksiya  va  nurlanish  yo'li  bilan amalga oshadi.

1) Issiqlik  o'tkazuvchanlik  deb,  modda  molekulalari  va  boshqa  zarrachalaming  tartibsiz  xaotik

harakati  tufayli  moddaning  bir  qismidan  boshqa  qismiga  energiyaning  uzatilishi  hodisasiga  aytiladi.

Jismlar  bir-biriga  bevosita  tegib  turganda  ulaming  molekulalarining  bir-biriga  urilib  energiya

almashinishi hisobiga kechadi.  Temperaturasi yuqori bo'lgan jismning molekulalari jadalroq  harakatda

bo'ladi va sustroq harakatlanayotgan molekula bilan urilganda bir qism energiyani unga beradi.  Shuning

uchun  issiq jism  soviydi,  sovuq jism  esa  isiydi.  Masalan  suvga yoki  gaz  qamalgan  ballonga issiq temir

kirgizilsa, biroz vaqt o‘tgach temir sovib suv yoki gaz isib qoladi.  Yoki  ikkita qattiq jism kontak holatida

bir-biriga  tegib  turgan  bo'lsa,  ulaming  temperaturasi  biroz  vaqt  o'tgach  tenglashib  qoladi.  Issiqlik

o'tkazuvchanlik-qattiq jism  bilan  qattiq jism,  qattiq jism   bilan  suyuqlik,  qattiq jism  bilan  gaz  orasida

kechadigan issiqlik almashinuvidir.

2) Konveksiya  deb,  notekis  isitilgan  suyuqlik yoki  gaz  qatlamlarining  og'irlik kuchi  ta’sirida  siljishi

sababli  sodir  bo'ladigan  issiqlik  almashuv  hodisasiga  aytiladi.  Aytaylik,  suyuqlikka  tepa  tomonidan

issiqlik uzatsak, biroz vaqt o'tgach suvning yuzasi iliq pastki qismi esa sovuqligicha qolganini ko'ramiz.

Endi suyuqlik turgan idishning tagidan isitsak birozdan so'ng suyuqlikning hamma qismi birday isiganini

ko'ramiz.  Bu tajribani  gaz bilan o'tkazganda ham xuddi shunday natija bo'ladi.  Issiqlik idishning tagidan

uzatilganda  suyuqlikning  pastki  qismi  isib  kengayadi  va  zichligi  kamayadi.  Tepadagi sovuqroq  suyuqlik  yoki  gaz  zichligi  kattaroq  bo'lgani  uchun  pastga  tushib  uning  o'mini  egallaydi. Boshqacha aytganda Arximed kuchi yengil jismlarni tepaga ko'tarib tashlagani kabi zichligi kichik bo'lgan issiq suyuqlik yoki  gaz ham Arximed kuchi ta’sirida tepaga ko'tariladi.  Shu tariqa barcha qatlam birday isib boradi.

3) Nuralanish  deb, jismlar o'z energiyasini nur chiqarish yoki  nur yutish orqali o'zgartish hodisasiga

aytiladi.  Jismlar molekulalari kontakt bo'lib bir-biriga tegib turmaganda ham,  hatto ular orasida bo'shliq

mavjud  boiganda  ham  issiqlik  almashinuvi  kuzatilar  ekan.  Issiq  va  sovuq  jism  vakuumda  turgan

sharoitda  ham  sovuq jismning  isishi  kuzatiladi.  Issiq jism  atrofga  uzatayotgan  issiqlik nurlanish  tarzida

tarqalib, bu issiqlikning bir qismi  sovuq jismga ham yutiladi. Nurlanish asosan infraqizil nurlar (aniqrog'i

elektromagnit to'lqin) ko'rinishida bo'lib,  bu haqda  atom  fizikasida aytiladi.  Quyoshdan bo'shliq oralab

bizga yetib kelayotgan energiya ham nuralanish natijasidir.

Bajardi: O'zMU talabasi Raximov Ruxiddin Bajardi: O'zMU talabasi Raximov RuxiddinBajardi: O'zMU talabasi Raximov Ruxiddin