Foydalanuvchi:Sabina041104/qumloq

Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulug‘ siymolardan biridir. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulug‘laganlar. “Nizomiddin” - din nizomi deganidir. Ko‘pincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” - amir demakdir. Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf. Hayot yo‘li Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahrining Bog‘i Davlatxona mavzesida tug‘ildi. Otasi G‘iyosiddin Muhammad - Temuriylar saroyida xizmat qilgan, o‘z davrining nufuzli kishilaridan biri, o‘g‘lining tarbiyasi va ta’limiga jiddiy e’tibor bergan. Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi ekani aytiladi. Navoiyning ota-onasi haqida ma’lumotlar kam, u o‘z asarlarida ham qarindoshlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tmagan. Navoiyning Darvesh-ali ismli ukasi bo‘lgani haqida m'lumotlar bor