https://t.me/tuituz_official/494Internet haqida qiziqarli faktlar

• Dunyodagi birinchi onlayn veb-sayt http://info.cern.ch 1991-yil 6-avgustda yaratilgan. U 153 so‘zdan iborat bitta veb-sahifadan iborat bo‘lgan.

• Barcha internet foydalanuvchilarining yarmidan ko‘pi Facebookda o‘z akkauntlariga ega.

• 2014 yil iyul oyi boshidagi worldwidewebsize.com ma’lumotlariga ko‘ra, indekslangan sahifalar soni 3,32 milliardni tashkil etadi.

• Internet birinchi 50 million foydalananuvchisini 5 yilda to‘plagan. Televideniyega esa buning uchun 13 yil kerak bo‘lgan edi.

• Birinchi smaylikni yuborish Kevin Makkenzi nomi bilan bog‘liq (1979 yil). U juda sodda ko‘rinishda bo‘lgan. Bizga tanish 🙂 esa 3 yil o‘tib paydo bo‘lgan.

• Internetga asoslangan texnologiya 1960-yillarda paydo bo‘lgan, u Massachusets texnologiya institutida ishlab chiqilgan. Arpanet deb nomlanuvchi birinchi kompyuter tarmog‘i esa hukumat maqsadlari uchun yaratilgan.

• Eng qimmat domen nomi Vacationrentals.com. U 2007 yilda 35 million dollarga sotilgan.