„Oʻzbekiston yoshlari forumi-2021“ - barcha yoshlarni bir nuqtada birlashtira olgan, taklif va gʻoyalarni amalda qoʻllash uslubini yaratgan forum loyihasi. Bu forum uchun barcha yoshlar online platforma orqali turli xil takliflar yubordilar. Bu forum 18-dekabr kuni boshlandi va 25-dekabr kuni esa tantanali tarzda yopilish marosimi orqali juda ham taassurotlarga boy holda oʻz nihoyasiga yetdi.

Forum maqsadi tahrir

Oʻzbekiston yoshlari forumi-2021" orqali yoshlarning barcha g‘oyalari-yu, takliflarini eshitish uchun juda katta maydon yaratildi, zamonimizning yutuk qahramonlarini kashf etish bilan birga, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqaribgina qolmay mamlakatdagi yangilanish va yuksalishlarga faol jalb qilish kabi yuksak zamin yaratishdan iborat edi.

Forum yoʻnalishlari tahrir

Turli xil yoshlar tomonidan yuborilgan eng muhim tashabbus va gʻoyalarning yoʻnalishlari quyidagilar:

Fan va taʼlimni rivojlantirish boʻyicha: Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarining faoliyati; Nodavlat taʼlim muassasalari bilan birga oʻquv markazlarining faoliyati; Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, innovatsion va ilmiy faoliyati; Inklyuziv taʼlimi.

Yoshlar bandligi va ijtimoiy himoyasini taʼminlash boʻyicha: Bandlik va mehnat migratsiyasi; Tadbirkorlik, fermerlik va frilanserlik; Ijtimoiy himoya, nogironligi bor yoshlar bilan birga ishlash; Yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash.

Besh tashabbusni amalga oshirish boʻyicha: Sanʼat va madaniyat; Salomatlik va sport; Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (IT) va internet sohalari; Maʼnaviyat va kitobxonlik; Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash;

Yoshlar huquqlari va global muammolar boʻyicha: Yoshlarning yutuqlari; Global muammolar (ekologiya, korrupsiya va boshqalar); Xalqaro aloqalar; Volontyorlik va millatlararo munosabatlar kabi yoʻnalishlar boʻyicha takliflar kelib tushgan.

Takliflar borasida tahrir

„O‘zbekiston yoshlari forumi-2021“ 18-dekabrdan 25-dekabrga qadar bo‘lib o‘tishi eʼlon qilingan edi (https://t.me/yoshlarforumi/7). Shu fursatlar ichida yoshlardan 1200 dan ortiq takliflar platformaga kelib tushdi.

Manbalar tahrir