Davlat mexanizmi-[1] turli tuzilmalardan iborat bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: - davlat apparati; - davlat tashkilotlari (davlat korxona va muassasalari); Davlat mexanizmining belgilari: - o'zaro bog‘liq va iyerarxik jihatdan bir-biriga bo‘ysunuvchi davlat organlari va tashkilotlari (davlat korxona va muassasalari) tizimidan iborat; - davlatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad- va vazifalarini hamda funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkiliy, moliyaviy va boshqa vositalar bilan ta’minlanganligi; - har bir davlat organi, tashkiloti vakolatlari va faoliyat doirasining muayyan huquqiy asoslarga ega ekanligi va boshqalar. Davlat va huquq nazariyasi faniga oid ayrim adabiyotlarda «davlat mexanizmi» va «davlat apparati» sinonim tushunchalar sifatida ko‘rsatib o'tiladi. Ayni paytda davlat mexanizmi davlat apparatiga nisbatan ancha keng va murakkab. U davlat apparati va tashkilotlari tizimidan iborat bo‘lib, ular vositasida davlat hokimiyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan davlatning rahbarligi ta’minlanadi. Har qanday holatda ham davlat mexanizmi barcha tarkibiy qismlarining faoliyati uning o‘z oldiga qoygan maqsad, vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgandir

  1. Saydullayev, Sh.A.. Davlat mexanizimi. Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2021 — 82 bet. ISBN 978-9943-6391-3-3. 2024-yil 6-martda qaraldi.