Foydalanuvchi:Shahzodbek13pro/Naftenlar

NAFTENLAR (yun. naphtha — neft) – siklopentan va siklogeksan katorining toʻyingan alitsiklik uglevodorodlari, shuningdek, molekulasida 2 tadan 5 tagacha qalqasi boʻlgan murakkab bi – va politsiklik uglevodorodlar. Umumiy formulasi SpN2p. Toʻyingan uglevodorodlardan molekulasidagi uglerod atomlarining siklik (halqa hosil qilib) joylanishi bilan farq qiladi. Asosiy manbai — neft. Neftda, sikli (halqasi)da 5 va 6 ta uglerod atom boʻlib, tabiatda birmuncha koʻp tarqalgan Naftenlar bor. Siklida 6 ta uglerod atomi boʻladigan Naftenlar — geksametilenlar (siklogeksan va uning gomologlari) muhim. Ular neftni haydash yoʻli bilan olinadi. Katalitik kreking jarayonida aromatik yoki toʻyinmagan uglevodorodlarga aylanadi. Naftenlar, motor yonilgʻilarining tarkibiy qismi hisoblanadi.