Foydalanuvchi:Shahzodbek13pro/SHrqiy Avstraliya geosinklina mintaqasi

SHARQIY AVSTRALIYA GEOSINKLINAL MINTAQASI — Avstraliyaning sharqida joylashgan Tinch okean geosinklinal mintaqasining bir qismi, kechki tokembriy — paleozoyning burmalanish mintaqasi. Shim. da KeypYork ya. o. ning sharqiy qismidan jan. da Tasmaniya oroli bilan qoʻshilgan holda 3500 km, eni 1500 km ga choʻzilgan. Uning geologik struktura sifatida shakllanishi devon davriga toʻgʻri kelgan. Shu vaqt ichida togʻlararo vodiylar va choʻkmalarda koʻplab qizil rangli dagʻal toshlar bilan birga effuziv va choʻkindi togʻ jinslari qatlamlari hosil boʻlgan. Yangi Angliya qismida qatlamlarning qalinligi 12 km ga yetgan, karbon davri oxirlarida va perm boshlarida bu katlamlar tektonik harakatlarning kuchayishi natijasida, choʻkmalar oʻrnida burmalangan geosinklinal strukturalarni paydo qilgan. Ularning yoriqlari orasidan magmalar harakatga kelib granit intruziv jinslarni keltirib chiqargan. Perm davri oxirlarida Sh. A. g. m. asta-sekin yemirilib platforma davrini kechirgan. Geosinklinal strukturalari bilan qoʻrgoshin, mis, oltin, vismut, polimetall konlari, perm choʻkindi togʻ jinslari bilan bogʻliq boʻlgan konlar topilgan.[1]

  1. „Qomus.info“. 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.