Foydalanuvchi:Thezoooma/qumloq
Patti Austin | |
---|---|
Austin 2000-yil | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
10-avgust 1950-yil |
Janrlar | R&B, pop, jazz |
Kasbi | qo'shiqchi, musiqa yozuvchi |
Faoliyat yillari | 1954–hozirgacha |
Leybllar | |
Veb-sayt | pattiaustin.com |
Patti Austin(1950-yil 10-avgust) amerikalik Grammy Award mukofoti sovrindori. "Baby, Come to Me" musiqasi bilan tanilgan R&B, pop va jazz qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. Uning 1982-yilda qayta chiqqan Jeyms Ingram bilan aytgan dueti, Billboard Hot 100 reytingida birinchi oʻrinni egallagan.
Musiqiy faoliyati
tahrirAustin Nyu-Yorkning Garlem shahrida jazz trombonisti Gordon Ostin oilasida tug'ilgan[1]. U Nyu-Yorkdagi Long Islandda katta bo'lgan[2] Quincy Jones va Dinah Washington o'zlarini Austinning cho'qintirgan ota-onasi deb atashgan[3][4].
Austin to'rt yoshga to'lganda ilk bora Apollo teatrida chiqish qilgan. O'smirlik paytida soul and R&Bda musiqachi bo'lib ishlagan va tijorat jingllarni yozgan. 1969-yilda esa R&B hit yo'nalishida "Family Tree" musiqasini yaratgan[4]. 1975-yilda esa Paul Simonning birinchi raqamli " Sevganingizni tark etishning 50 usuli " qo'shig'ida bekin-vokal kuylagan. 1976-yilda CTI jazz leybli ostida o'zining "Kamalakning oxiri" debyut albomini chiqargan[5]. U 1977-yilda The Stranger albomi uchun Billy Joel bilan "Everybody has a Dream" vokal trekini va Browne Sugar albomi uchun Tom Browne bilan "The Closer I Get to You" treklarini kuylagan. Bundan tashqari Off the Wall albomi uchun Michael Jackson bilan va "Moody's Mood for Love"da George Benson bilan duet kuylagan[5].
Quincy Jonesning "The Dude" albomida qo'shiq kuylaganidan so'ng, Qwest yozuvlar yorlig'i bilan shartnoma imzolaydi va "Every Home Should Have One" qo'shig'ini chiqargan. Jeyms Ingram bilan aytgan "Baby, Come to Me" duet qo'shig'i "Billboard" jurnal pop diagrammasida 1-o'rinni egallaydi. Ingram bilan aytilgan ikkinchi "How Do You Keep the Music Playing"(1982-yil) nomli duet esa Best Friends filmida sountrek sifatida foydalanilgan. Uning so'ngi Qwest uchun chiqargan "The Real Me" albomi jazzga asoslangan versiyada yaratilgan[5].
Austinning "Good in Love" va "Through the Test of Time" singillarini o'z ichiga olgan Love Is Gonna Getcha albomi GRP Recordsdan joy olgan[5].
Austin United Flight 93 reysidan 2001-yil 11-sentabrda uchish uchun chipta buyurtma qiladi, ammo onasining sog'lig'idagi muammolar sabab parvozini kechiktirgan[6].
2003-yilda u Stenford universitetining Jade Ribbon kompaniyasiga yordam berish uchun San-Fransisko shahar hokimiyatining Papillon III filmida Frensis Yip bilan hamkorlik qilgan va Austin va Yip mandarin tilida duet kuylashadi va o'zlarining CD/DVDlarini chiqarishadi[7].
2007-yilda bergan intervyusida Austin o'smirlik chog'ida Judi Garlendning so'nggi konsertlaridan birida istamay qatnashgani va bu konsert uning faoliyatini yo'naltirishga qanday yordam bergani haqida shunday deydi: "U mening yuragimni tilib tashladi, shu paytda men musiqa so'zlarini qanchalik kuchli ekanligini bildim va musiqa orqali o'zimning kimligimni namoyish qilmoqchi bo'ldim"[8].
Havolalar
tahrir- ↑ „Patti Austin - biography“. encyclopedia.com. 2014-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
- ↑ „The New Patti Austin“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-sentyabr.
- ↑ Murph, John „Patti Austin: 5 Tips for Aspiring Singers“. aarp.org. AARP (2014-yil 2-iyul). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 Yanow, Scott. The Jazz Singers: The Ultimate Guide. Backbeat, 2008 — 12-bet. ISBN 978-0-87930-825-4.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Wynn, Ron „Patti Austin“. AllMusic. 2019-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
- ↑ White, Beverly; Brayton, Julie „Singer Patti Austin Talks About 9/11 Experience“. NBC Los Angeles (2011-yil 8-sentyabr). 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
- ↑ Engardio, Joel P.. „Dim Sum Diva“. SF Weekly (2002-yil 22-may). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-mart.
- ↑ „Topic Galleries“. baltimoresun.com. 2007-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-may.
Qo'shimcha manba=
tahrirVikiomborda Thezoooma/qumloq haqida turkum mavjud |
Ashe | |
---|---|
Ashe (2018) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Ashlyn Rae Willson 24-aprel 1993-yil |
Janrlar | |
Faoliyat yillari | 2015-yil — hozirgacha |
Hamkorligi | Finneas O'Connell, Niall Horan |
Veb-sayt | ashe-music.com |
Ashlyn Rae Willson (1993-yil 24-aprel),[2][3] Ashe taxallusi bilan yaxshi tanilgan, amerikalik qo'shiqchi-qo'shiq muallifi. Noah Conrad va Finneas O'Connell tomonidan ishlab chiqarilgan, Netflix filmida To All the Boys: P.S. I Still Love You(2020) Ashening 2019-yilda chiqqan "Moral of the Story" musiqasidan foydalanildi va bu unga juda katta mashhurlik keltirdi[4][5]. Ashe, shuningdek, Demi Lovatoning 2017-yilda chiqqan "You Don't Do It for Me Anymore" musiqasiga ham hammualliflik qilgan va Louis the Child, Lauv va Whethan jamoalari bilan gastrollarda qatnashgan. U Shaun Frank bilan birga yozilgan va oltin sertifikatga ega bo'lgan "Let You Get Away" musiqasi uchun Juno mukofoti bilan taqdirlangan. Bundan tashqari uning Ashlyn nomli debyut studio albomi 2021-yil 7-mayda, ikkinchi Rae nomli albomi 2022-yil 15-oktabrda ommaga taqdim etilgan va uchinchi Willson albomi esa 2024-yil 6-sentabrda muxlislarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Yoshligi
tahrirAshlyn Rae Willson 1993-yil 24-aprelda Kalifornianing San Jose shahrida tavallud topgan[2][6]. 8 yoshidan boshlab pianino va vokal darslariga qatnasha boshlagan[6]. Ashening aytishicha, u faqat nasroniy radiolarini tinglab katta boʻlgan, ammo bobosi unga Bob Dylan, The Beatles va Jefferson Airplane kabilarni tanishtirgan va uning muvaffaqiyatga erishishiga qaysidir m'noda o'z hissasini qo'shgan[7]. U Carole Kingga hurmat bildirish ma'nosida sahnadagi nomiga e belgisini qo'shib qo'ygan. U Berkli musiqa kollejida oʻqigan va 2015-yilda zamonaviy musiqa yozish va zamonaviy musiqa yaratish yo'nalishini tamomlagan[8][9].
Faoliyati
tahrir2015–2017-yillar:Faoliyatining ilk yillari
tahrirAshe ilk demosini 2015-yilda Ben Phippsning "Sleep Alone" trekida kuylashdan boshlaydi[10][9]. Keyingi ikki yil davomida e'tiborini Louis the Child kabi treklarga va Whethan kabi ijodkorlar bilan faoliyat olib borishga qaratadi. Uning 2016-yildagi Whethan bilan bilan birga yaratgan "Can't Hide" musiqasi ham AQSHning ham Global Spotify Viral 50da 2-o'rinni egallagan. Uning 2017-yilda Kanadalik DJ Shaun Frank bilan birga yaratgan "Let You Get Away" musiqasi Juno Awards 2017da Dance Recording of the Year naminatsiyasi bilan taqdirlanadi, 2019-yil Kanadada esa "Music recording gold certification" bilan taqdirlangan[11]. Bundan tashqari, Ashe Demi Lovatoga 2017-yilda AQSH platinasi bilan taqdirlangan Tell Me You Love Me(2017) albomidan " You Don't Do It For Me Any More " musiqasini yozishga ham yordam bergan[10]. Keyin, 2017-yil oktabrdan 2018-yil yanvar oralig'ida Louis the Child, Lauv va Whethanlar bilan gastrolda bo'adi[12].
2021: Ashlyn
tahrir2021-yil mart oyida Ashe O'Connell bilan " Till Forever Falls Apart" deb nomlangan yana bir qo'shig'ini chiqaradi. Uning 2021-yil 7-mayda "Ashlyn" debyut albomi chiqadi, undan biroz oldin esa ya'ni 5-mayda "I'm Fine" va "When I'm Older" qo'shiqlari hamda "Me Without You" chiqarilgan.
2022–dan — hozirga qadar: Rae & Willson
tahrir2022-yil 3-martda Ashe ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shig'idan parchalar e’lon qilgan, undan so‘ng “Another Man’s Jeans” musiqasining to'liq qismini chiqargan. 2022-yil 6-may kuni esa Ashe yana “Hope You're Not Happy” nomli musiqalaridan birini chiqargan.
Havolalar
tahrir- ↑ Parsons, Tim „Ashe Making Mark On The Electro-pop Music Scene“ (2017-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-may.
- ↑ 2,0 2,1 „Ashlyn Rae Willson, Born 04/24/1993 in California“. California Birth Index. Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
- ↑ Willson, Ashlyn Rae „ASCAP Ace Search“. American Society of Composers, Authors and Publishers (ASCAP). Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
- ↑ Fu, Eddie „In Search Of: Ashe's "Moral Of The Story" Is Blowing Up Because Of Netflix“ (en) (2020-yil 27-fevral). Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
- ↑ Meredith, Karenna „P.S. I Still Love You: I Can't Get the Dramatic "Moral of the Story" Song Out of My Head“ (en-US). Popsugar (2020-yil 12-fevral). Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
- ↑ 6,0 6,1 Engel, Lauren „ASHE Interview- religion, marriage, ex-boyfriends, tinder, pop music standards“. Sidewalk Talk. YouTube (2017-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
- ↑ „B-Sides On-Air: Interview – Ashe Talks Beginnings, New Music“ (en-US). B-Sides (2018-yil 2-aprel).
- ↑ Petrelli, David „Nashville Pros: Ashlyn Willson“. Berklee College of Music. Qaraldi: 2018-yil 16-may.
- ↑ 9,0 9,1 Collar, Matt „Ashe: Biography & History“ (en-us). AllMusic. Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
- ↑ 10,0 10,1 Jiang, Ruth „PopCrush Presents: Ashe on Writing For Demi Lovato And Being An "Alt-Pop Girl"“. PopCrush (2017-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 16-may.
- ↑ „Dance Recording of the Year – Juno Awards: Drake, The Weeknd and Shawn Mendes Lead With Five Noms Each“ (en). The Hollywood Reporter (2017-yil 8-fevral). Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
- ↑ Driscoll, Gillian „Interview: Ashe on Living Your Best Authentic Life“. Culture Collide (2018-yil 25-yanvar). 2020-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-may.