• Dan Brown (22-iyun 1965-yil) — amerikalik yozuvchi . U bestseller romanlarning muallifi, jumladan, Da Vinchi siri ham barcha davrlarning eng koʻp sotilgan romanlaridan biriga aylangan hamda kitobxonlar va olimlar oʻrtasida intellektual munozaralar mavzusiga aylangan. Braunning romanlari dunyo boʻylab 57 tilga tarjima qilinib umumiy hisobda 200 million nusxada nashr etilgan. 2005-yilda Braun Times jurnali tomonidan dunyoning 100 ta eng nufuzli odami ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, muharrirlari unga „nashriyot sanoatini saqlab qolgan“ deb taʼriflashgan. Braunning "Ibtido" nomli so'nggi romani insoniyatning ikkita asosiy savolini o'rganadi: Biz qayerdan kelganmiz? Bizni nima kutmoqda?

Yoshlik yillari

tahrir

Matematika o'qituvchisi va cherkov musiqachsining o'g'li bo'lgan Dan Brown Amerikaning "New Hampshire" shtat idagi "Exeter" shahrida tug'ilib o'sgan. O'zidan kichkina Gregoriy va Valeriya ismli singlisi va ukasi bo'lgan. Braunning sirlar va jumboqlarga bo'lgan qiziqishi uning bolaligidagi xonadondan boshlanadi. U yerdagi kodlar va shifrlar uning ota-onasi ishlagan matematika, musiqa va tillarni bog'lab turadigan kalit bo'lgan. Yosh Braun soatlab anagrammalar va krossvordlar ustida ishlaydi va u va uning aka-ukalari tug'ilgan kun va bayramlarda otalari tomonidan ishlab chiqilgan xazina izlashda qatnashadilar.

Kasbiy faoliyati

tahrir

Musiqachilik

tahrir

Universitetni bitirgandan so'ng, Braun musiqiy faoliyat bilan shug'ullangan, sintezator yordamida effektlar yaratgan va bolalar kassetasini ishlab chiqargan. Keyin u Dalliance nomli o'zining ovoz yozish kompaniyasini tuzdi va 1990 yilda kattalar bozoriga mo'ljallangan "Perspektiv" nomli kompakt diskni o'zi nashr etdi. 1991-yilda esa u qo'shiq yozuvchisi va pianinochi sifatida karerasini davom ettirish uchun Gollivudga ko'chib o'tdi. O'zini moddiy jihatdan ta'minlash uchun Beverli-Xillz tayyorgarlik maktabida dars ham bergan.

Yozuvchilik

tahrir

1993-yilda Taitida ta'tilda bo'lganida Den Braun Sidni Sheldonning "Qiyomat fitnasi" romanini o'qigan va trillerlar yozuvchisi bo'lishga ilhomlangan. U o'zining birinchi asari "Raqamli qal'a" ustida ishlay boshladi va uning asosiy voqealarini 1985-yilda o'zi o'qigan Sevilya bilan bog'ladi. Uning barcha asarlaridagi voqealar asosan 24 soat davom etadi. 1996-yilda butunlay musiqani tashlagan Den Braun 1998-yilda Raqamli qal'a ni yozib tugatadi. 2000-yilda "Farishtalar va jinlar", 2001-yilda "Aldash nuqtasi" romanlari dunyo yuzini ko'rdi. Lekin unga haqiqiy mashhurlik va shon-shuhratni 2003-yilda yozilgan "Da vinchi siri" asari olib keldi. 2009-yil ma'lumotlariga ko'ra 81 million nusxada sotilgan bu asar barcha davrlarning eng yaxshi asarlari sifatida e'tirof etilgan. Asardagi bosh qahramaon Robert lengdon obrazi uning keyin yozilgan ko'plab asarlari jumladan " Yo'qolgan belgi" (2009), "Do'zax" (2013), "Ibtido" (2017) da ham davom etdi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

2019-yilda, 21 yillik nikohdan so‘ng, Braun va uning rafiqasi ajralishdi, ularning nikohining oxirgi qismida Braunning xiyonati tufayli moliyaviy kelishuv hali ham yakunlanishi kerak. 2021-yil dekabr oyida er-xotin da'voni hal qilishga kelishib oldilar.

Havolalar

tahrir