Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Arnon operatsiyasi
Usmonov Gayrat/Arnon operatsiyasi | |
---|---|
|
"Yozgi urug'" operatsiyasi (shuningdek , "Arnon operatsiyasi" nomi bilan ham tanilgan) 2024-yil 8-iyunda amalga oshirilgan. Arnon operatsiya G'azo sektoridagi Nuseyrat qochqinlar lagerida Xamas tomonidan ushlab turilgan to'rt nafar isroillikni qutqarish operatsiyasi edi. Soat 11:00 da Shabak va ID kuchlari Isroil mudofaa kuchlari lagerdagi ikkita binoga bostirib kirishadi va qurollangan shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Noa Argamani, Almog Meir Yan, Andrey Kozlov va Shlomi Zivni ozod qilishadi. Reim musiqa festivali qirg'ini davomida Isroil kuchlari va terrorchilar o‘rtasida shiddatli otishmalar bo‘lib o‘tdiManba xatosi: Invalid <ref>
tag; refs with no name must have content. Otishmlarda guruh qo‘mondoni Arnon Zmora ( YAMAM bo‘linmasi) yaralangan, keyinchalik u olgan jarohatlaridan vafot etgan[1]Manba xatosi: Invalid <ref>
tag; refs with no name must have content[2][3].
Operatsiya nomi
tahrirXavfsizlik kuchlari tomonidan tanlangan operatsiya "Yozgi urug'lar" deb nomlangan. Biroq, uning qo'mondoni, YAMAM ofitseri Arnon Zmora jarohatlardan vafot etganidan so'ng, operatsiyani uning sharafiga Arnon operatsiyasi deb nomlashga qaror qilingan[4].
Tarixi
tahrir2023-yil 7-oktabr kuni ertalab Xamas Isroilga kutilmagan hujum uyushtirdi. Isroilga minglab raketalarni otish niqobi ostida 2500 nafar terrorist Isroil aholi punktlari va harbiy inshootlariga quruqlik, dengiz va havo orqali kirib borishgan[5][6]. Terrorchilar Isroilning chegara hududlaridagi tinch aholiga hujum uyushtirishgan natijada, 1200 ga yaqin tinch aholi halok bo'lgan[7], 252 ga yaqin kishi garovga olingan[8][9].
O'g'irlash
tahrirTo‘rt nafari isroillik 7-oktabr kuni Reim musiqa festivali chog‘ida Xamas tomonidan G‘azo sektoriga o‘g‘irlab ketilgan. O'sha kuni ertalab Noa Argamanining terrorchilar tomonidan o'g'irlab ketilishi tasvirlangan lavhalar dunyoda katta rezonans yaratdi[10]. Xamas bilan urush paytida Argamanining paydo bo'lgan qo'shimcha videolari chop etildi[11][12][13][14].
Ozodlik operatsiyasi
tahrirOperatsiya bir oy davomida rejalashtirilgan bo'lib, uning davomida operatsiyani amalga oshirish jarayonlari tayyorlangan va razvedka ma'lumotlari to'plangan[15]. Shin Bet kuchlari binolarning xaritasini tuzishga muvaffaq bo'ldilar[16]. Shu bilan birga Isroil Mudofaa Razvedka Agentligi bilan birgalikda harakatlarni mashq qilish uchun bir nechta modellar rejasi tuzilgan[17][18]. Operatsiya hukumat ruxsatini olgandan keyin amalga oshirilgan. Operatsiyaga bosh shtab boshlig'i Gerzi Ha-Levi va Shabaka rahbari Ronan Bar qo'mondonlik qilgan.
Falastinlik askarlar qochqinlar lageriga begona yuk mashinalari kirganini xabar qilishgan[19]. Taxminan soat 11 larda operatsiyani boshlash uchun “harakat” buyrug'i berilgan[20]. Kuchlar bir vaqtning o'zida bir-biridan 200 metr masofada joylashgan ikkita binoga bostirib kirishgan. Binolardan birida Noa Argamani, ehtimol, Abdulloh al-Jamol ( Al-Jazira jurnalisti) va uning rafiqasi saqlangan[21][22][23]. Almog Meir Jan, Andrey Kozlov va Shlomi Ziv boshqa binoda asirlikda edilar. Ular Nuseyrat qochqinlar lagerining bozor hududida, tirik qalqon bo'lib xizmat qilgan odamlar lagerida joylashgan edi. Qutqaruv operatsiyasi chalg'itish yo'li bilan amalga oshirilgan. Xamas radiosi Isroil askarlarning qochqinlar lagerining shimolidagi maktabni qurshab olgani haqida xabar bergan va Xamas “Isroil maxsus kuchlari Nusayrat bozorining markaziga bostirib kirgan”[24]. Terrorchilar kunduzi qutqaruv operatsiyasini kutishmagan. Shuning uchun, tez va butunlay kutilmaganda o'g'irlab ketilgan hududga yirik Isroil kuchlari yuborilgan[25].
Noa saqlanayotgan kvartiraga bostirib kirish shidatli amalga oshirilgan va u bir necha daqiqada qutqarib olingan[19]. Qolgan uchta o'g'irlanganlar uchinchi qavatda edilar[19]. Operatsiyasi paytida otishma bo'lib o'tdi, natijada qo'mondon Arnon Zmora yarador bo'ldi va u bir necha soatdan keyin olgan jarohatlaridan vafot etgan[26]. 11:15 da "Olmoslar bizning qo'limizda" signali qabul qilingan[27]. Zmora jamoasi yuk mashinasining vites qutisidagi texnik nosozlik tufayli to'xtab qolishgan[28] . Falastinlik terrorchilar ularga qarata o'q uzishgan natijada, yuk mashinasining shinalari yorilib ketgan. ID jangarilari o‘g‘irlab ketilgan odamlarni yaqin atrofdagi binoga joylashtirishgan[29][20].
Soat 11:50 da so'nggi Isroil kuchlari qirg'oq chizig'iga etib borishgan va o'g'irlanganlarni havo kuchlari vertolyotlariga topshirishga muvaffaq bo'lishgan[27][30]. O‘g‘irlanganlar Isroilga xavfsiz yetib kelgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tikazish uchun Chaim Sheba tibbiyot markaziga yuborilgan [31]. Soat 13:33 da ID, Shabak va politsiya oʻgʻirlab ketilgan toʻrt nafar isroillikni ozod qilish uchun birgalikda ishlagani eʼlon qilishgan[31]. Kechqurun Noa Argamani Ixilov kasalxonasiga olib borildi va u yerda onasi bilan ko'rishgan[32][33].
Xamas bergan ma'lumotlarga ko'ra, garovga olinganlarni ozod qilish operatsiyasi davomida 210 dan ortiq falastinlik halok bo'lgan, 400 dan ortiq kishi jarohatlangan[34].
Almog Meir Janning aytishicha, u 22-may kuni Hamas asirligida bo'lganida tug‘ilgan kunini nishonlagan[35]. Almog butun asirligi davomida Shlomi va Andrey bilan birga bo'lgan[35].
Andrey Kozlovning aytishicha, u asirlikkda bo'lganda kundalik yuritgan va har kuni daftarga bir satr yozgan. Uning qo'shimcha qilishicha, asirlikda bo'lganida u boshqa o'g'irlanganlar bilan suhbat qilish orqali ibroniy tilini o'rgangan[36].
O‘g‘irlanganlarning aytishicha, asirlikda bo‘lganlarida ular Isroil teledasturlarini tomosha qilishgan[37][38]. Biroq, ular terrorchilar tomonidan Qur'on o'qishga va Islom hukmlarini o'rganishga majburlaganlarida, ruhiy jihatdan tahqirlanganliklarini va miyalari yuvilganini ta'kidlaganlar[36].
Manbalar
tahrir- ↑ „פקד ארנון זמורה נהרג במבצע לחילוץ החטופים: «הלך בראש הכוח»“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedwp210
- ↑ Израильские военные спасли четырёх заложников в секторе Газа (в том числе гражданина России)
- ↑ „נפגע בקרב עם מחבל בדירת החטופים: מבצע החילוץ ייקרא על שם ארנון שנהרג“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „Death came from sea, air and ground: A timeline of surprise attack by Hamas on Israel“. 2023-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.
- ↑ „Военный источник: в нападении на Израиль из Газы 7 октября участвовали около 2500 боевиков и "мирных" жителей сектора“ (ru). Newsru.co.il (2023-yil 13-oktyabr). 2023-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Israel revises Hamas attack death toll to 'around 1,200'“ (en). Reuters (2023-yil 10-noyabr). 2023-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-noyabr.
- ↑ „221-й день войны в Израиле. Хронология событий“ (ru). Newsru.co.il (2024-yil 14-may). Qaraldi: 2024-yil 17-may.
- ↑ „Израиль: в руках ХАМАСа 203 заложника, среди них 30 детей и подростков“ (ru). Детали (2023-yil 19-oktyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
- ↑ „חילוץ החטופים הנועז בראש הכותרות בעולם: «נועה סוף סוף חופשייה!»“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „דיווח אמריקני טוען שייתכן שנועה ארגמני לא נחטפה בידי חמאס, חטופים שחזרו מעידים: ראינו אותה“. 2023-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „הטרור הפסיכולוגי של חמאס: פרסם סרטון חדש של 3 חטופים“. 2024-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „חמאס פרסם: הקלטת שמע של נועה ארגמני מהשבי“. 2024-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „«סרטון מחליא»: תיעוד חדש מחטיפתה של נועה ארגמני“. 2024-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „«אירוע נדיר לאור יום»: איך אוספים מודיעין לפני מבצעי חילוץ ומה תהיה תגובת חמאס?“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „במבצע נועז במרכז הרצועה לאור יום: ארבעה חטופים חולצו בחיים“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „החטופים הוחזקו לצד משפחות, במבנים סמוכים | פרטים חדשים — ותיעוד ראשון“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „החטופים חולצו משתי דירות במרחק 200 מטרים זו מזו, תוך חילופי אש כבדים“. 2024-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 „נכנסו במשאיות — וחילצו את החטופים: מבצע החילוץ הדרמטי בלב עזה“. 2024-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ 20,0 20,1 „פקודת ה"פעל", הפשיטה — ורכב החטופים שנתקע: דרמת החילוץ מלב רצועת עזה“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ Ноа Аргамани была в плену у журналиста «Аль-Джазиры» и его семьи
- ↑ Report: Former hostage Noa Argamani held captive in Al-Jazeera cameraman’s house
- ↑ LIVE | Levering hulpmiddelen vanuit VS aan Gaza vanaf tijdelijke pier hervat: ‘Broodnodige humanitaire hulp’
- ↑ „דיווחים בעזה: «בית ספר כותר באזור נוסייראת, כוח של צה»ל חדר לשוק"“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „הכנה מודיעינית, הפתעה לאור יום וביצוע מושלם תחת אש הביאו לבשורה המיוחלת“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „המשטרה: פקד ארנון זמורה נהרג במבצע לחילוץ החטופים“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ 27,0 27,1 „ההסתערות, החילוץ וההודעה: «היהלומים בידינו» | דקה אחר דקה ב"מבצע ארנון"“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „משימה בלתי אפשרית בלב רצועת עזה“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „נכנסו במשאיות — וחילצו את החטופים: מבצע החילוץ הדרמטי בלב עזה“. 2024-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „תיעוד מבטן המסוק: נועה ארגמני מחולצת מלב הרצועה“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ 31,0 31,1 „החטופים נועה ארגמני, אלמוג מאיר ג'אן, אנדריי קוזלוב ושלומי זיו חולצו בחיים“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „סוף סוף: נועה ארגמני התאחדה עם אימה ליאורה“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „נועה ארגמני התאחדה עם אמה שחולה בסרטן סופני: «למדה על מצבה המורכב»“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „חמאס: לפחות 210 פלסטינים נהרגו בתקיפות צה"ל במרכז הרצועה“. 2024-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ 35,0 35,1 „אלמוג צולם ביום הולדתו בשבי, הסרטון לא פורסם: «הוא שאל אם ראינו»“. 2024-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ 36,0 36,1 „החטופים הוכרחו לקרוא בקוראן; נועה הייתה עם יוסי ואיתי שנהרגו: «טיל פגע בבית, חשבתי שאני מתה»“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „תמונות ראשונות: נועה, אלמוג, שלומי ואנדרי עם המשפחות“. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „מהדורת השבת 08.06.24 — המהדורה המלאה“. 2024-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.