Stephen Lang (1952-yil 11-iyulda tugʻilgan) — amerikalik aktyor. U Manhunter (1986), Gettisburg (1993), Tombstone (1993), Gods and Generals (2003), Public Enemies va The Men Who Stare at Goats (ikkalasi ham 2009), Conan the Barbarian (2011) va Don't Breathe (2016) kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan.

U James Cemeronning Avatar (2009) filmi asosiy antagonisti polkovnik Miles Quaritch roli bilan mashhur bo'ldi va aynan ushbu roli uchun u "Eng yaxshi ikkinchi darajadagi aktyor" nominatsiyasida Saturn mukofotiga sazovor bo'ladi. Lang Avatar: The Way of Water (2022) filmida birinchi qismdagi rolini takrorlagan.

Lang kinodagi rollaridan tashqari, Broadwayda ham faoliyat olib borgan va 1992-yilda The Speed of Darkness filmidagi roli uchun Tony mukofotiga nomzod bo'lgan. 2004-yildan 2006-yilgacha u aktyorlar studiyasining badiiy rahbari lavozimida ishlagan.

Yoshligi

tahrir

Lang Nyu-York shahrida, taniqli tadbirkor va filantrop Tereza ( qizlik familyasi Volmar, 2008-yilda vafot etgan) va Eugene Langning (1919–2017) oilasida dunyoga kelgan[1]. Langning onasi nemis va irland millatiga mansub katolik, otasi esa yahudiy bo'lib, u yahudiy an'analari ostida tarbiyalangan. Langning otasi va buvisi Vengriya va Rossiyadan kelgan yahudiy immigrantlar bo'lishgan[2][3]. Langning ikkita katta akasi bor — advokat hamda aktivist Jane hamdaotasi tomonidan 1952-yilda asos solingan REFAC kompaniyasida ijrochi direktor lavozimida ishlaydigan David[2]. Langning otasi boyligining katta qismini (150 million dollardan ortiq) xayriya ishlariga sarflagan va farzandlariga meros qoldirmagan, bunga sabab sifatida u har bir farzandi o'zini o'zi ta'minlashni o'rganishi kerak deb hisoblagan[4].

Lang Queensda joylashgan Jamaica Estates shahridagi boshlang'ich maktabda o'qigan[5][6].  U oʻrta maktabni Nyu-Yorkda, Fresh Meadows yaqinidagi George Ryan o'rta maktabida o'qigan[7]. O'rta maktab davomida u AQShning Newtown shahridagi Quaker maktab-internatida joylashgan George Schoolda ham tahsil olgan hamda bir yil oldinroq bitirgan (1969). 1973-yilda Swathmore Collegeni ingliz adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Faoliyati

tahrir
 
Lang (chapda) senator Daniel Inouye bilan 2005-yilda

Lang Harold (Happy) Loman rolini 1984-yilda Broadwayda Geath of a Salesman filmida va 1985-yilda Dustin Hoffman ishtirok etgan telefilmda Willy Loman rolida hamda Hannibal Lecter haqida birinchi film Manhunterda (1986) muxbir Freddy Lounds rollarida ko'rinish bergan[8]. U Crime Story (1986–1988) teleserialida advokat David Abrams rolini o‘ynagan. Stephen Lang NBC telekanalining Babe Ruth (1991) filmida ham asosiy rolni ijro etgan. Keyinchalik u The Fugitive filmidagi asosiy rol "Bir qurolli odam" roli Tim Dalyni o'ynagan. Serial kichkina muvaffaqiyatga erishgan bo'lsa-da, ishlab chiqarish uchun katta byudjet talab qilganligi tufayli atigi bir mavsum davom etdi.

Lang 1992-yilda The Speed of Darkness filmidagi bosh roli uchun Tony mukofotiga nomzod bo'lgan. Uning <i>Last Exit to Brooklyn</i> (1989) filmidagi roli tanqidchilar e'tirofiga sazovor bo'ldi, ammo uning cheklangan chiqishi filmning kengroq auditoriyaga kirishiga to'sqinlik qildi. Sahnada u birinchi bo'lib Jack Nicholsonning mashhur bo'lgan Few Good Men filmida polkovnik Nathan Jessup rolini o'ynagan. U o'ndan ortiq teatr mukofotlari, jumladan Drama Desk va Helen Hayes mukofotlari sovrindori sanaladi.

Lang 1992-yilda Shekspirning Broadway spektaklida Gamlet rolini ham ijro etgan[9].

Lang rejissyor Ronald F. Maksvell filmlari <i>Gettysburgda</i> general-mayor George E. Pickett (1993) va Gettysburg prekveli Gods and Generalsda Thomas "Stonewalll" Jackson kabi bosh rollarni ijro etgan. Fuqarolar urushiga bo'lgan qiziqishi uni Lincoln forumi simpoziumlarida chiqishga undagan hamda bu harakatlar unga0 2020-yilda Richard Nelson Current Award of Achievement mukofotini olib kelgan[10].

2005-yil fevral oyida Arthur Millerning o'limidan sal oldin, Lang o'zining uzoq yillik do'sti tomonidan yaratilgan Finishing the Picture deb nomlangan so'nggi pyesasida ko'rinish bergan. Uning premyerasi 2004-yilda Chikagodagi Goodman teatrida boʻlib oʻtgan, u yerda Lang oʻzining 2004-yil boshida Virjiniya shtati Arlington shahrida premyerasi boʻlib oʻtgan Beyond Glory pyesasining ikkinchi spektaklini va uning The Speed of Darkness filmi uchun Tony mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan obrazini namoyish etgan. Shuningdek, Lang xorijda joylashtirilgan qo‘shinlar uchun bir kishilik shou Beyond Glory pyesasida ham rol ijro etgan[11]. 2006-yilda u Jhon Patrick Shanleyning Defiance spektaklida polkovnik Littlefield rolini o'ynagan. U 2007-yilda Beyond Glory"filmini Roundabout's Off-Broadway Laura Pels teatriga olib kelgan[12]. Nyu-York shahridagi premyerasidan beri Beyond Glory yakkaxon ijrosi uchun Drama Desk mukofotiga va Lucille Lortel mukofotiga nomzod bo'lgan[13][14]. Spektakl haqida film suratga olingan hamda ekranda namoyish etilgan[15].

Lang ESPN mini-seriali hisoblangan The Bronx Is Burning filmida hamda Save Me va From Mexico with Love kabi kinolarda ham erkin aktyor sifatida rol o'ynagan. U James Cameronning "Avatar" ilmiy-fantastik filmida yovuz qahramon polkovnik Miles Quaritch rolini ijro etgan[16].

 
Lang 2013-yilda San-Diegoda (Kaliforniya shtati) San-Diego Comic-Conda, Terra Nova filmining namoyishida.

Lang 2009-yilda Michael Mannning Public Enemies filmida Federal Qidiruv Byurosi agenti John Dillingerni o'ldirgan Charles Winstead rolida[17][18][19] va Grant Heslovning The Man Who Stare at Goats filmida Jeff Bridges, Kevin Spacey, Ewan McGregor va George Clooney kabi taniqli aktyorlar bilan ko'rinish bergan[20].

Lang 2011-yilda Jason Momoa ishtirok etgan Conan the Barbarian filmida yovuz qahramon Khalar Zym rolini o‘ynagan. Shuningdek, u Steven Spielberg tomonidan ishlab chiqarilgan Terra Nova teleserialida bosh rollardan biri Nataniel Teylor rolini ham ijro etgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Stephen Lang 1980-yildan beri Kristina Watson bilan turmush qurib yashab keladi va ularning to'rt nafar farzandlari bor, jumladan Nyu-York shtati bosh inspektori Lucy Lang[21].

2010-yil 30-mayda Swarthmore teatri, televideniye va kino sohalariga hissa qo'shgani uchun Langni faxriy unvon bilan taqdirlgan. Uning kenja o'g'li Noah ham xuddi shu marosimda bakalavr darajasini olgan[22]. Shuningdek, u Jacksonville universitetining insonparvarlik maktublari bo'yicha faxriy doktor unvoniga ega va 2011-yilda Northeastern universitetida rezidensiya bo'yicha artist bo'lgan.

2015-yilning kuzida Lang Woodstock kinofestivalida hakamlar hay'ati a'zosi bo'lib qatnashgan[23].

2018-yilda Lang New York Archives Partnership Trustdan Empire State Archives and History mukofotini olgan. Har yili beriladigan mukofot "milliy arbobning jamiyatda tarixni tushunish va undan foydalanishni rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi" uchun beriladi[24]. [[Turkum:Yashayotgan insonlar]] [[Turkum:Asli Irlandiyalik amerikaliklar]] [[Turkum:Amerikalik erkak ovoz aktyorlari]] [[Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari]] [[Turkum:1952-yilda tugʻilganlar]]

  1. „Stephen Lang Biography (1952-)“. Filmreference.com. 2010-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
  2. 2,0 2,1 Stark, John (May 28, 1990). „Forgoing His Father's Millions, Stephen Lang Bootstraps to Acting Fame with the Help of a Few Good Men. Vol. 33. № 21.. People.com. March 26, 2010da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 30, 2010.
  3. Panarello. „The Multiple Personalities of Stephen Lang“. broadwayworld.com. 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-avgust.
  4. Breitman, Rachel; Jones, Del. „Heirs not-so-apparent?“. USA Today (2006-yil 26-iyul). 2012-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-sentyabr.
  5. „Stephen Lang Biography – Yahoo! Movies“. Movies.yahoo.com (1952-yil 11-iyul). 2007-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
  6. Klein, Alvin. „Stephen Lang, 'An Actor's Actor'“. The New York Times (1998-yil 19-aprel). Qaraldi: 2010-yil 3-aprel.
  7. Orion 1966 – Junior High School 216 Yearbook. Yearbook – distributed to graduates.: Faculty Press Inc., 1449 37th Street Brooklyn, NY 11218, 1966 — 48-bet. 
  8. „STEPHEN LANG – Bing Afbeeldingen“. Search.msn.com. 2012-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
  9. Review/Theater; A High-Keyed 'Hamlet' Starring Stephen Lang
  10. The Lincoln Forum
  11. „In Step With: Stephen Lang“. Parade Magazine (2005-yil 5-iyun).
  12. Daniel Henninger. „Wonder Land – WSJ.com“. Opinionjournal.com (2007-yil 9-avgust). 2010-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
  13. Dziemianowicz, Joe. „Drama Desk nominees announced“. New York: Nydailynews.com (2008-yil 28-aprel). Qaraldi: 2010-yil 30-may.
  14. Lucille Lortel Awards. „Lucille Lortel Awards, Off-Broadway Awards“. Lortel.org. 2010-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
  15. McNary. „Stephen Lang's Medal of Honor Movie 'Beyond Glory' Picked Up by Gravitas“. Variety Magazine (2016-yil 12-may). Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.
  16. Thompson, Anne. „Lang, Rodriguez armed for 'Avatar'“. Variety (2007-yil 2-avgust). 2012-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 3-avgust.
  17. „Crudup to play Hoover in 'Public' – Entertainment News, Film News, Media“. Variety. April 2, 2008. May 23, 2009da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 30, 2010.
  18. Biffle, Kent. „Who drilled Dillinger? Credit goes to Texan“. The Dallas Morning News (2005-yil 6-avgust). 2009-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-iyul.
  19. Matera, Dary. John Dillinger: The Life and Death ... - Google Books. Hachette Books, May 22, 1933. ISBN 978-0-7867-1558-9. Qaraldi: 2010-yil 30-may. 
  20. Kit, Borys. „Rebecca Mader joins 'Goats' herd“. Hollywoodreporter.com (2008-yil 10-oktyabr). 2008-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
  21. Lawyer Breaks Down 17 Courtroom Scenes From Film & TV | WIRED (inglizcha), January 24, 2020, qaraldi: 2022-07-27
  22. Attendee of the ceremony for his son Sergio's graduation, Ricardo V Rivas, EA, president of the Texas Society of Enrolled Agents and http://www.swarthmore.edu/x28750.xml Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  23. „Woodstock Film Festival – 2014 MAVERICK Awards“. 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  24. „Stephen Lang :: New York State Archives Partnership Trust“. www.nysarchivestrust.org. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.