Foydalanuvchi:Wikitolog/qumloq
Sobiq nomi | Koch Media (1994-2022) |
---|---|
Turi | Shoʻba (korxona) |
Tarmogʻi | OAV |
Qachon asos solingan | 1994 |
Joylashuvi | Höfen, Avstriya |
Asoschi(lari) |
Franz Koch Klemens Kundratitz |
Rahbariyat |
Klemet Kundratitz (CEO) Reinhard Gratl (CFO) Stefan Kapelari(COO) |
Ishchilar soni | 1,976 |
Vebsayti | plaion.com |
Plaion (oldingi nomi Koch Media) – Avstriyaning Tirol viloyatidagi Höfen shahrida joylashgan bosh qarorgohi va Germaniyaning Planegg shahrida faoliyat yurituvchi shoʻba korxonasi mavjud boʻlgan Germaniya-Avstriya media kompaniyasi. Kompaniyaga 1994-yilda Franz Koch va Klement Kundratitz tomonidan asos solingan. Kompaniya Deep Silver, Prime Matter va Ravenscourt nomli video oʻyinlarni nashr etish tarmoqlarini, Warhorse Studios va Milestone kabi video oʻyin ishlab chiqaruvchi studiyalarni, shuningdek, Plaion Pictures nomli film namoyish qilish boʻlimini boshqaradi. Koch Medianing bosh kompaniyasi Koch Media Holding 2018-yil fevral oyida Shvetsiyaning Embracer Group (Oʻsha paytda THQ Nordic AB nomi bilan tanilgan) kompaniyasi tomonidan sotib olingan.
Tarixi
tahrirKoch Media 1994-yilda Franz Koch (Koch International asoschisi]] va uning biznes hamkori Klemens Kubdratitz tomonidan dasturiey taʼminot sotish va tarqatish uchun tashkil etilgan. Koch Media Germaniya va Avstriyada joylashgan ofislardan faoliyat yuritgan, Angliyada esa uning mintaqaviy shoʻba korxonasi – Koch Media Ltd. Ochilgan. 1995-yilda Koch Media kompaniyasi 250,000 dan ortiq dasturiy taʼminot litsenziyalarini sotgan va 1996-yildan videooʻyinlar ishlab chiqarishni boshlagan. Kompaniyaning boshqa shoʻba korxonasi Koch Media AG 1998-yilda Shveysariyada ochilgan. Kompaniyaning holdingi Koch Media Holding 2000-yilda Koch Medianing biznes hududlarini umumlashtirish maqsadida yaratilgan. Shu yilning oʻzida Koch Media srl kompaniyaning Italiyadagi mintaqaviy shoʻba korxonasi sifatida faoliyatini boshlagan.
2002-yilda Koch Media Deep Silver studiyasini „Koch Media ishlab chiqarayotgan oʻyinlarni toʻldirish“ uchun video oʻyinlar nashriyoti boʻlimi sifatida tashkil etgan. Filmlar boʻlimi Koch Home Entertainment yaratilishi haqida 2003-yil iyun oyida eʼlon qilingan va oktyabr oyida rasman tashkil etilgan. Kompaniya 2003-yil noyabr oyida ommaviy bozor oʻyinlari uchun moʻljallangan Fantastic.tv nomli oʻyin studiyasini eʼlon qilgan. 2005-yil oktyabr oyida Koch Media NCsoft bilan Guild Wars oʻyinini ishlab chiqargan fransuz oʻvideooʻyin kompaniyasi SG Diffusionni sotib olgan. 2006-yil yanvar oyida SG Diffusion Koch Media SAS nomiga oʻzgartirilgan. 2006-yil fevral oyida Koch Media kompaniyasi Kovh Media Licensing GmbHni yaratishgan.
Embracer Group kompaniyasi tarkibida (2018-yildan hozirgi kungacha)
tahrir2018-yil 14-fevralda Koch Media Holding shved video oʻyin ishlab chiqaruvchi kompaniyasi THQ Nordic AB (keyinchalik Embracer Group) nomi bilan tanilgan) tomonidan sotib olingan. Kelishuv shu kunda soat 8:00da imzolangan va shu kunning oʻzida eʼlon qilingan. Bitim umumiy qiymati 91,5 million yevroni tashkil etib, quyidagicha taqsimlangan: 66 million yevro naqd pul bitim yopilgan kuni toʻlangan (bu oʻsha kunning oʻzida sodir boʻlishi kutilgan), 9,5 million yevro qiymatidagi aksiyalar 2018-yil 15-iyungacha toʻlanishi kerak boʻlgan va qolgan 16 million yevro naqd pul 2018-yil 14-avgustgacha toʻlanishi lozim boʻlgan. Koch Media aksiyadorlik kapitalining umumiy qiymati naqd pul va qarzlardan xoli holatda 121 million yevroni tashkil etgan.
Koch va Kundratitz kompaniyada mos ravishda 90% va 10% ulushga ega edilar. Ular ikkalasi ham oʻz ulushlarini sotishgan va natijada THQ Nordic AB kompaniyaning yagona egasiga aylangan. Menejer Reinhard Gratlning soʻzlariga koʻra, kelishuv asosan Koch nafaqaga chiqishni xohlagani va uning oilasidan hech kim biznesni egallashdan manfaatdor emasligi sababli sodir boʻlgan. U daromadni Koch Mediaga toʻlashni soʻragan, shundagina kompaniya savdodan foyda koʻrishini xohlagan. Koch aynan oʻsha kuni Koch Media kompaniyasidan isteʼfoga chiqqan. Koch Media boshqaruvi, jumladan bosh ijrochi direktor Kundratitz, bosh moliya direktori Gratl va bosh operatsion direktor Stefan Kapelari THQ Nordic AB tarkibidagi Erik Stenberg studiyasiga qoʻshilishgan.