„What a Wonderful World“
Louis Armstrong singli
„What a Wonderful World“ albomidan
B tomon „Cabaret“
Chiqarilgan sanasi Sentabr, 1967[1]
Yozib olingan 1967
Studiya United, Las Vegas, US
Janr
Davomiyligi 2:21
Leybl ABC
Matn muallif(lar)i Bob Thiele (as George Douglas)
George David Weiss[3]
Prodyuser(lar) Bob Thiele[3]
Louis Armstrong singllari xronologiyasi
„Mi va de cantare“
(1967)
What a Wonderful World
(1967)
„Hello Brother“
(1968)
Klipi
"What a Wonderful World" YouTubeda

"What a Wonderful World" Bob Thiele („George Douglas“ taxallusi bilan) va George David Weiss tomonidan yozilgan qoʻshiqdir. Bu qoʻshiq ilk bor Louis Armstrong tomonidan ijro etilib, 1967-yilda singl sifatida chiqarilgan. 1968-yil aprel oyida u Buyuk Britaniyada pop musiqalar reytingida birinchi oʻrinni egalladi[3]. Biroq, ABC Records kompaniyasi rahbari Larry Newton qoʻshiqni yoqtirmagani va uni targʻib qilishdan bosh tortgani sababli, qoʻshiq Amerika Qoʻshma Shtatlarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Bu qoʻshiq „Xayrli tong Vyetnam“ filmida soundtrack sifatida foydalanilgandan soʻng, yana mashhurlikga erishdi va 1988-yilda singl sifatida qayta chiqarildi va Billboard Hot 100 roʻyxatida 32-oʻringa koʻtarildi[4]. Armstrong tomonidan aytilgan qoʻshiq esa 1999-yilda Grammy shon-shuhrat zaliga kiritildi.

Manbalar

tahrir
  1. "Pop Spotlights". Billboard: 18. September 23, 1967. https://books.google.com/books?id=XCgEAAAAMBAJ&pg=PA18&dq=Louis+Armstrong+what+a+wonderful+world&hl=en&sa=X&ved=2ahUKEwiA8fzM-5yIAxULAHkGHcQ4OrUQ6AF6BAgNEAI#v=onepage&q=Louis%20Armstrong%20what%20a%20wonderful%20world&f=false. 
  2. Gabriel, Lawrence „Louis Armstrong“, . MusicHound Lounge: The Essential Album Guide. Detroit: Visible Ink Press, January 1, 1998 — 21-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Rice, Jo. The Guinness Book of 500 Number One Hits, 1st, Enfield, Middlesex: Guinness Superlatives Ltd, 1982 — 117-bet. ISBN 0-85112-250-7. 
  4. „Chart History: Louis Armstrong – Hot 100“. Billboard. Qaraldi: August 7, 2020.

Havolalar

tahrir