Foydalanuvchi:Xatchiman/qumloq
Qizil qal’a | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Qalʼa |
Shahar | Agra |
Mamlakat | Hindiston |
Qurilishi boshlangan | 1565-yil |
Qurilishi tugagan | 1573-yil |
Qizil qal'a — Agra shahridagi Jamna daryosi qirg'oqida joylashgan qal'a hisoblanadi. ᚷᛁ asrda Buyuk Akbar qal'a qurilishini boshlagan va keyinchalik qurilishni Shox Jahon davom ettirgan va qurib bitkazilgan. Qizil qal'a Boburiylar imperiyasiga muhim strategik obyekt sifatida xizmat qilan. Strategik maqsadlarda qurilishiga qaramay qal'aga o'sha davrlarga hos ravishda bezak berilgan. Qal'adagi naqshlar va qurilish uslubidan Islom va Hind me'morchiligining uyg'unlashuvi aks ettirilgan.
Maydoni
tahrirQal'a hudui 380,000 kvadrat metrni tashkil qiladi va haqiqiy shaxar qal'a hisoblanadi va qal'a ortida ko'plab mashhur inshoatlar joylashgan. Ulardan : Moti masjidi (Moti masjidi yoki Marvarid masjidi), Jahongir Mahal (Jahongirning hotinlari saroyi), Machchi Bxaval (Baliqchilik hovlisi), Devoni Om (ommaviy rasmiy qabul uchun joy), Hos Mahal (Shox Jahongir o'zining qizi uchun qurdirgan hos saroy) va boshqa obyektlar joylashgan. Qal'a ichida joylashgan barcha obidalar Boburiylar sulolasi imperatorlari hukmronlik qilgan turli davrlarda qurilgan.
Qurilishi
tahrirQal'a qurilishida asosan Rajastondan keltirilgan qizil qumtoshlar, Belgiya shishasi va shunga o'xshash mahsulotlardan foydalanilgan. Shox Jahongir davrida qal'a ichida joylashgan ko'plab eski imoratlar buzilib, o'rniga oq marmardan yangilari qurilgan. Qal'a devorlari balanligi 70 futni tashkil qiladi va bu dushmanlardan himoyalanish uchun urush davrida qo'l kelgan. Qal'aga kirish uchun to'rtta yo'l mavjud va ulardan iktasi (Loxur va Dehli) asosiy hisoblanadi. Dehli darvozasidan o'rta asrlarda faqat qirollik oilasi foydalangan.
Qizil qal'a 1983-yili UNESCO tashkiloti tomonidan jahon me'rosi obyekti sifatida e'lon qilingan.