Foydalanuvchi:Xojabuxoriy/qumloq
Elmurod Achilov Xolmurodovich | |
---|---|
Tavalludi |
1961 yil 31-may Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Yangiobod qishlog'i |
Vafoti |
2005 yil 21-dekabr |
Elmurod Achilov Xolmurodovich Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Yangiobod qishlogʼida 1961 yil 31 may kuni tugʼildi.
Hayoti va ijodi
tahrirАlloh taolo oʼzi bilgan hikmatlar tufayli kimgadir uzun, kimgadir qisqa umr ato etar ekan. Lekin kimdir insonlar asr bo'yi bajara olmaydigan ishlarni qisqagina umri ichida uddasidan chiqa oladi. Mana shunday ulugʼ insonlardan biri, shogirdlari qalbida faxr va iftixor bilan eslanib, mangu yashayotgan ustoz Elmurod hoji Аchilovdir. Elmurod domla Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Yangiobod qishlogʼida 1961 yil 31 may kuni tugʼildilar. Din ilmini oʼz zamonasining buyuk ustozlaridan taʼlim oldilar. 1990-1992 yillar kitob tumani "Xoja Buxoriy" jome masjidida imom noibi, soʼngra umrlarining oxiriga qadar oʼzlari asos solgan "Xoja Buxoriy" oʼrta maxsus islom bilim yurti mudiri lavozimida ishladi. Аqlini taniganidan to soʼnggi kuni soʼnggi Nafasigacha ilm oʼrgandi, ilm oʼrgatdi. 1998 yil Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini bitirdi. Oʼzbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti beshinchi bosqichida sirtdan oʼqiyotgan edi... Hayotining soʼnggi kunida ham vafotidan bir necha soat oldin bilim yurtida oʼzi tashkil qilgan darsda bilim yurti ustozlari bilan birga ishtirok etgan edi.
Faoliyati
tahrirElmurod Achilov Xolmurodovich nihoyatda tadbirkor, ishbilarmon va ehtiyotkor kishi edi. U zotning bevosita tashabbusi va hashar yoʼli bilan 5 yil ichida (1994-1999) bilim yurtining 140 oʼrinli yangi oʼquv binosi qurib bitkazildi. Yana, u kishi tugʼilib o'sgan "Makrid" jamoa xoʼjaligi markazida ham ustozning saʼy-harakatlari bilan katta bir jomeʼ masjid bino qilindi. 1992 yildan 2005 yilgacha 1000 ga yaqin yoshlarning taʼlim olishiga sababchi boʼldi. Bilim yurtini bitirgan yuzlab shogirdlari bugungi kunda vatanimiz taraqqiyoti yoʼlida xizmat kilib kelmokdalar va sof islom dinini targib qilishda oʼzlarining munosib xissalarini qoʼshmoqdalar. Jamoat ishlarida faol boʼlish bilan birga barakali ijod ham qildilar. Imom Аbul Muʼin Nasafiyning "Аt-Tamhid li qovoid at-Tavhid" asarini tarjima qildilar, matbuotda yuzga yaqin ilmiy ommabop maqolalari chikdi. Hoji Elmurod domla "Mustaqil Oʼzbekistonimizning 10 yilligi munosabati bilan koʼkrak nishoni", Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmita tomonidan namunali xizmatlari uchun "Maqtov yorliqlari", Qashqadaryo viloyat, tuman hokimligining bir necha bor tashakkurnomasi va boshqa maqtov yorliqlari bilan mukofotlangan edi.
Vafoti
tahrir2005 yilning 21 dekabr kuni "Xoja Buxoriy" nomli islom bilim yurtining asoschisi va umrining oxirigacha shu ziyo maskaniga rahbar, ustoz Xoji Elmurod domla Аchilov 44 yoshlarida foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qildi.