Gʻirboydi

tahrir

Oʻzbek Milliy xalq oʻyini. Hozirgi kunda bu oʻyinni oʻynovchilar kamayib boryapdi.

Bu oʻyinda ikki bola bellashadi. Oʻrtaga doira chiziladi. Doira oʻrtasida oʻyinchilardan birining qalpogʻi qoʻyiladi. Ikkinchi oʻyinchi 20 qadamlar chamasi uzoqlikdan turib chillikning enasopi bilan qalpoqni urib doiradan chiqarishi kerak. Yoki qalpogʻiga necha marta tegsa, shuncha marta ochko yigʻadi. Doʻppiga tegdira olmasa, navbat ikkinchi oʻyinchiga beriladi. Yutgan kishi qalpoqni qirra likopchaday qatlab, besh marta irgʻitadi. Beshinchi marta irgʻitganda qalpoq qayerga borib tushsa, yutqazgan oʻyinchi oʻsha joydan to poyga joyigacha zuvillab borib kelishi kerak. Oʻyin yana boshdan boshlanadi va shu tartibda davom etadi.

Manbalar

tahrir

[1]

  1. „«Otma tayoq», «G‘irboydi», «Dim-dim» – yo‘qolib borayotgan xalq o‘yinlaridan qaysilarini bilasiz?“ (o`zbek). kun.uz (20-mart 2022-yil). Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.