Oq yorugʻlik shisha prizmadan dispersiya boʻlganda koʻrish spektrining barcha ranglariga ajralib chiqishi.

Koʻrish spektri — bu odam koʻzi koʻra oladigan elekromagnit spektr. Ushbu to‘lqin uzunliklari oralig‘idagi elektromagnit nurlanish ko‘rinadigan yorugʻlik (yoki shunchaki yorugʻlik) deb ataladi. Optik spektr baʼzan koʻrish spektri bilan bir xil deya qaraladi, biroq ayrim mualliflar bu atamani kengroq taʼriflab, elektromagnit spektrning ultrabinafsha va infraqizil qismlarini ham o‘z ichiga oladi. Bu qismlar birgalikda optik radiatsiya deb yuritiladi[1][2].

Oddiy odam koʻzi taxminan 380 dan 750 nanometrgacha boʻlgan toʻlqin uzunliklariga javob bera oladi[3]. Chastota nuqtai nazaridan, bu 400-790 teragerts atrofidagi oraliqqa toʻgʻri keladi. Ushbu chegaralar aniq belgilanmagan va har bir shaxs uchun farqalanishi mumkin[4]. Muqobil shariotlarda inson idrokining bu chegaralari 310 nm (ultrabinafsha) va 1100 nm (yaqin infraqizil) gacha kengayishi mumkin[5][6][7].

Spektr insonnning koʻrish tizimi ajrata oladigan barcha ranglarni ham koʻra olmaydi. Pushti yoki binafsha, masalan, magenta kabi to‘yinmagan ranglar yo‘q, chunki ular faqat bir nechta to‘lqin uzunliklarining aralashmasidan hosil bo‘lishi mumkin. Faqat bitta to‘lqin uzunligini o‘z ichiga olgan ranglar sof ranglar yoki spektral ranglar deb ham ataladi[8][9].

Ko‘rinadigan to‘lqin uzunliklari Yer atmosferasi orqali elektromagnit spektrning "optik oyna" qismi bo‘ylab deyarli so‘nmasdan o‘tadi. Bu hodisaning bir misoli shuki, toza havo qizil nurga qaraganda ko‘k nurni ko‘proq tarqatadi, shuning uchun kunduzi osmon ko‘k rangda ko‘rinadi (Quyosh atrofidagi maydon bundan mustasno, u oq rangda ko‘rinadi, chunki u yerda yorug‘lik kamroq tarqaladi). Optik oyna "ko‘rinadigan oyna" deb ham ataladi, chunki u insonning ko‘rish qobiliyati spektri bilan ustma-ust tushadi. Yaqin infraqizil (NIR) oyna, o‘rta to‘lqin uzunligidagi infraqizil (MWIR) oyna va uzoq to‘lqin uzunligidagi yoki uzoq infraqizil (LWIR yoki FIR) oyna inson ko‘ziga ko‘rinmasa-da, boshqa hayvonlar ularni idrok etishi mumkin[2][4].

Spektral ranglar

tahrir

Tor to‘lqin uzunligi oralig‘idagi ko‘rinadigan nur (monoxromatik yorug‘lik) orqali hosil qilinishi mumkin bo‘lgan ranglar sof spektral ranglar deb ataladi. Tasvirda ko‘rsatilgan turli xil rang oraliqlar taxminiy hisoblanadi: Spektr uzluksiz bo‘lib, bir rang bilan keyingisi o‘rtasida aniq chegaralar mavjud emas[10].

Manbalar

tahrir
  1. Pedrotti, Frank L.; Pedrotti, Leno M.; Pedrotti, Leno S.. Introduction to Optics. Cambridge University Press, December 21, 2017 — 7–8-bet. ISBN 9781108428262. 
  2. 2,0 2,1 „What Is the Visible Light Spectrum?“ (en). ThoughtCo. 2024-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  3. Starr, Cecie. Biology: Concepts and Applications. Thomson Brooks/Cole, 2005 — 94-bet. ISBN 978-0-534-46226-0. 
  4. 4,0 4,1 „The visible spectrum“. Britannica (2024-yil 27-may). 2022-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-yanvar.
  5. D. H. Sliney (February 2016). "What is light? The visible spectrum and beyond". Eye 30 (2): 222–229. doi:10.1038/eye.2015.252. ISSN 1476-5454. PMID 26768917. PMC 4763133. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4763133. 
  6. W. C. Livingston. Color and light in nature, 2nd, Cambridge, UK: Cambridge University Press, 2001. ISBN 0-521-77284-2. Qaraldi: 2021-yil 5-mart. 
  7. Grazyna Palczewska (December 2014). "Human infrared vision is triggered by two-photon chromophore isomerization". Proceedings of the National Academy of Sciences 111 (50): E5445–E5454. doi:10.1073/pnas.1410162111. PMID 25453064. PMC 4273384. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4273384. 
  8. Nave, R „Spectral Colors“. Hyperphysics. 2017-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
  9. „Colour - Visible Spectrum, Wavelengths, Hues | Britannica“ (en). www.britannica.com (2024-yil 10-sentyabr). 2022-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  10. Bruno, Thomas J. and Svoronos, Paris D. N. (2005). CRC Handbook of Fundamental Spectroscopic Correlation Charts. (Wayback Machine saytida 2024-10-04 sanasida arxivlangan) CRC Press. ISBN 9781420037685