Foydalanuvchi:Yodgorov Umidjon/qumloq

Amir Temur

Tavallud topgan sana: 9 aprel 1336 yil

Vafot etgan sana: 18 fevral 1405 yil

Tug'ilgan joy:Shahrisabz

Yo'nalishlar: Hukmdorlar

Tarjimai hol

tahrir

Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi.

Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u qo‘lida qip-qizil qon bo‘lagi bilan, sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan, bunday holat Chingizxon haqida ham gapirilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining saroydagi obro‘-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan. Kesh va Nefes atrofidagi yerlar ularga qarashli mulk hisoblangan.

Temurning otasi Tarag‘ay doimiy ravishda xon ulusi bo‘lmish Il daryosi qirg‘og‘iga chaqiriluvchi chig‘atoy beklari qurultoylarida ishtirok etgan. 1355 yil u Turmush og‘a barlosi amir Jakuning qiziga uylanadi.