Foydalanuvchi:Zarafshon sanoat texnikumi/qumloq

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’limi jarayonini hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5812-sonli qaroriga asosan Navoiy davlat konchilik instituti huzurida 2020 yil Zarafshon sanoat texnikumi tashlil etildi.

2022-2023 o‘quv yilida kunduzgi, kechki, sirtqi, dual ta’lim shakllarida o‘quv jarayonlari tashkil etildi. 2023-2024-o‘quv yilida ham texnikumda kunduzgi, kechki, sirtqi, dual ta’lim shakllarida o‘quv jarayonlari tashkil etildi.

Kunduzgi ta’lim shakli 2-bosqichida 9 ta mutaxassislik bo‘yicha 166 nafar o‘quvchi, 1-bosqichida 5 ta mutaxassislik bo‘yicha 69 nafar o‘quvchi jami 235 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Dual ta’lim shakli 2-bosqichida 1 ta mutaxassislik bo‘yicha 20 nafar o‘quvchi, 1-bosqichida 2 ta mutaxassislik bo‘yicha 30 nafar jami 50 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Kechki ta’lim shakli 2-bosqichida 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 127 nafar o‘quvchi,  1-bosqichida 3 ta mutaxassislik bo‘yicha 36 nafar o‘quvchi jami  163 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Sirtqi ta’lim shakli 2-bosqichida 9 ta mutaxassislik  284 nafar o‘quvchi, 1-bosqichida 5 ta mutaxassislik 116 nafar o‘quvchi jami 400 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Texnikum buyicha jami 848 nafar ukuvchi taxsil olmokda.

Texnikumda xozirgi kunda 47 nafar pedagog xodim ish faoliyatini olib bormoqda.