Foydalanuvchi munozarasi:Marjona Turayevna Xudoyqulova/Xalqaro munosabatlar nazariyasi

Eng oxirgi fikr: 1 yil oldin (Marjona Turayevna Xudoyqulova tomonidan „Xalqaro munosabatlar nazariyasi“ mavzusida)

Xalqaro munosabatlar nazariyasi tahrir

Xalqaro munosabatlar nazariyasining paydo boʻlishi ijtimoiy zaruriyatning mahsulidir. Bir vaqtlar murakkab konstruksiyali koʻpriklarni qurish muhandislik ilmlari, odamlarni kasalliklardan himoyalash istagi tibbiyot taraqqiyotiga turtki bergani kabi, Birinchi Jahon urushidan keyin uzoq muddatli va mustahkam tinchlikni taʼminlashga intilish xalqaro munosabatlar ilmiy yoʻnalishining shakllanishiga sabab boʻldi. "Xalqaro munosabatlar" atamasi ingliz mutafakkiri Jeremi Bentam (1748-1832) tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Xalqaro munosabatlarni oʻrganuvchi eng muhim fanlar qatoriga falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisodiy nazariya, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro munosabatlar nazariyasi, xalqaro munosabatlar tarixi, xalqaro huquq, geosiyosat, konfliktologiya kabi ilmiy yoʻnalishlarni kiritish mumkin. Xalqaro munosabatlarning har xil turlari, koʻrinishlari, darajalari va holati haqida gapirish mumkin. Jumladan: 1. Ular, odatda, ikki turga ajratiladi: birinchisi kuchlar nisbatiga asoslangan; ikkinchisi manfaatlar nisbatiga asoslangan. 2. Ijtimoiy hayot sohalari boʻyicha xalqaro munosabatlar iqtisodiy, siyosiy, harbiy - strategik, madaniy, ilmiy, mafkuraviy va boshqa sohalarga boʻlinadi. 3. Ishtirokchilarning tarkibi boʻyicha: davlatlararo, turli tashkilotlar orasidagi va transmilliy korporatsiyalar orasidagi munosabatlar va hokazo; 4. Ularning intensivligi (qizgʻinligi) nuqtai nazaridan xalqaro munosabatlar yuqori, oʻrta va quyi darajalarga boʻlinadi. 5. Geosiyosiy mezonlar nuqtai nazaridan xalqaro munosabatlar global, mintaqaviy yoki hududiy (masalan, Yevropa, Osiyo, Markaziy Osiyo, Orol mintaqasi va hokazo), submintaqaviy xalqaro hamkorlikka boʻlinishi mumkin. 6. Taranglik (bosim) nuqtai nazaridan, stabil (barqaror) yoki nostabil (beqaror) xalqaro munosabatlar turiga boʻlinishi, shuningdek, ishonch yoki ishonchsizlik, hamkorlik yoki toʻqnashuv, tinchlik yoki urush holatlariga boʻlinishi mumkin. Xalqaro munosabatlar nazariyasiga oid eng dolzarb muammolarining ba'zilarini misol tariqasida eslatib oʻtamiz. Ularning qatoriga quyidagilar kiradi: 1. Xalqaro munosabatlar tizimlari tushunchasi va uning genezisi; 2. Xalqaro munosabatlar rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omillari hamda qonuniyatlari; 3. Xalqaro munosabatlarda kuchlarning mutanosibligi masalasi (uning asosida ikki qutbli, koʻp qutbli, bir qutbli dunyo tushunchalari yotadi); 4. Zamonaviy dunyodagi global muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari (xalqaro terrorizm, narkotrafik, kiberborliq, kiberurushlar...) 5. Zamonaviy dunyoda baynalmilallashuv, integratsiya (uygʻunlashuv) va suverenitet masalalari; 6. Gegemonizm va agressiya (AQSh va Rossiya amaliyoti misolida tushuntirish mumkin) 7. Xalqaro konfliktlarni hal etish muammolari (Yaqin Sharq muammosi va uning hal etilishiga qaratilgan yondashuvlar) va boshqalar. Marjona Turayevna Xudoyqulova (munozara) 13:38, 12-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

„Marjona Turayevna Xudoyqulova/Xalqaro munosabatlar nazariyasi“ foydalanuvchi sahifasiga qaytish.