Foydali ish koeffitsiyenti
Foydali ish koeffitsiyenti — biron bir tizim (qurilma, mashina, dvigatel va boshqalar) sarflagan energiyaning samaradorligini ifodalovchi tushuncha; qancha energiya foydali ishga aylanishini, qancha energiya yoʻqolishini koʻrsatadigan son (odatda, foizlarda ifodalanadi). Foydali ishga sarflangan energiyaning mashina olgan umumiy energiya miqdoriga nisbati bilan aniklanadi.
Issiqlik dvigatellaridagi foydali ish koeffitsiyenti — mexanik foydali ishning sarflangan issiklik miqdoriga nisbati, elektr transformatorlardagi foydali ish koeffitsiyenti — ikkinchi chulgamda olingan elektromagnit energiyasining birlamchi isteʼmol chulgʻamidagi energiyaga nisbati, elektr dvigatellaridagi foydali ish koeffitsiyenti — foydali mexanik ishning manbadan olingan elektr energiyasiga nisbatidan iborat va boshqa.
Mashinaning umumiy foydali ish koeffitsiyenti uning ayrim qismlari foydali ish koeffitsiyentilari yigindisiga teng. Energiyaning turli koʻrinishda yoʻqolishi tufayli foydali ish koeffitsiyenti hamisha 1,0 dan kichik boʻladi. Takomillashgan elektr transformatorlarda foydali ish koeffitsiyenti 98—99%, elektr generatorlarida 90—95%, ichki yonuv dvigatellarida 40—50% va issiklik elektr styalarida 35—40%.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |