Foydali qazilma konlari razvedkasi

Foydali qazilma konlari razvedkasi — yer osti mineral xom ashyolari zaxirasini geologikiqtisodiy baholash hamda geologiya razvedka ishlari jamlanmasi va ular bilan boglik boʻlgan izlanishlar. Razvedka natijasida konning geologik tuzilishi, fazoviy joylanish qonuniyatlari, foydali qazilma uyumlarining tuzilishi, oʻlchami, shakli, yotish sharoitlari, yer osti mineral xom ashyolarining miqdori va sifati, kelajakda olib boriladigan oʻzlashtirish ishlari sharoitlarini aniklaydigan texnologik xususiyatlari va omillari belgilanadi. Foydali qazilma konlari razvedkasik.r. geologik sʼyomka, geologik qidirish ishlaridan keyin 2 boskichda — dastlabki va mufassal razvedka olib boriladi. Dastlabki razvedka maydonning geologik tuzilish sxemasi, sanoat mineralizatsiyasining umumiy koʻlami, yer osti mineral xom ashyolarining oʻrtacha sifati, konning sanoatda oʻzlashtirilishi navbati va maqsadga muvofiqligi aniklanadi. Mufassal razvedka birinchi oʻrinda oʻzlashtirishga moʻljallangan konlarda bajariladi. Dastlabki razvedkadan farkli ravishda, mufassal razvedka qilinadigan maydon butun konga taalluqli boʻlmay, foydali qazilmalarning maʼlum uyumlarigagina tegishli boʻladi. Geologiya razvedka ishlari burgʻi quduqlari va kon inshootlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Burgi quduqlari chuqurlikda joylashgan konlar uchun, yer osti kon inshootlari murakkab tuzilishga ega boʻlgan qattiq foydali qazilma konlari uchun qoʻllanadi. Ularda geologik, geokimyoviy, geofizik, gidrogeologik va muhandislik geologiyasi boʻyicha izlanishlar amalga oshiriladi. Ushbu izlanishlar va namunalash natijalariga qarab, geologik rejalar va kesimlar tuzilib, chegaralanadi va foydali qazilma zaxiralari hisoblab chiqiladi.