Foydali qazilmalar koni
Foydali qazilmalar koni — geologik jarayonlar natijasida yer osti va ustida yigʻilgan mineral moddalarning miqdori, sifati va sanoatda foydalanishga yaroqli sharoitda toʻplanib yotishi. Gaz (uglevodorod tarkibli yonuvchi gazlar va geliy, neon, argon, kripton — yonmaydigan gazlar), suyuq (neft va yer osti suvlari) va qattiq (qimmatbaho elementlar, kristallar, minerallar, togʻ jinslari) foydali qazilmalardan iborat konlar mavjud. Sanoatda foydalanishiga koʻra, Foydali qazilmalar koni rudali, noruda, yonuvchi va gidrominerallilarga boʻlinadi. Undan tashqari, yer osti suvlari (ichimlik, texnik, balneologik yoki mineral suvlar hamda neftli, brom, yod, radiy tarkibli va boshqa suvlar) konlari mavjud. Foydali qazilmalar koni yer ustida (ochiq konlar) yoki yer ostida (yopiq konlar) boʻlishi mumkin. Foydali qazilmalar koni Yer pusti rivojlanishining hamma davrlarida hosil boʻlgan. Paydo boʻlish joylariga qarab geosinklinal va platforma Foydali qazilmalar koniga ajratiladi. Konlarning hosil boʻlish sharoitiga qarab seriyalarga [sedimentogen (gipergen), magmat o gen (gipogen) va metamorfogen], seriyalar oʻz navbatida, guruh, sinf va kichik sinflarga boʻlinadi.
Yana qarang
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |